So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Vadim Abramov: "Bizning faqatgina hakamlar orqali yutayotganimizni aytishganidan keyin mana nimalar bo'ldi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bizning faqatgina hakamlar orqali yutayotganimizni aytishganidan keyin mana nimalar bo'ldi"

Pro-liganing 10-turi doirasida "G'ijduvon" maydonidagi durangdan keyin "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.


- Nima ham derdim. O'yinni birinchi bo'limdayoq tugatib qo'yishimiz mumkin edi. Afsuski, raqiblarning unchalik xavfli bo'lmagan birinchi hujumi gol bo'ldi. Aslida bunday holatlarda to'p darvozaga kirmasligi kerak edi. Standartdan keyin ikkinchi golni o'tkazib yubordik va barchasi tugadi. SHundan keyin maydonda futbol emas, futbolga o'xshash sport turi o'ynalishi boshlandi. Ikkinchi golni urganimizdan keyin bizga vaqt etishmadi. Bunday o'yinlarda g'alaba qozonish qiyin bo'ladi. Maydonda nimalar bo'lganini barcha ko'rdi. Bizning faqatgina hakamlar orqali yutayotganimizni aytishganidan keyin mana nimalar bo'ldi. Hakamlikni nazorat qiladiganlar bu holatlarni o'rganib chiqishar. 

- Hakamlarning bunday qarorlari futbolchilarning ruxiy holatiga tasir o'tkazadimi?

- Albatta. Bunday holat bilan birinchi marta to'qnash kelyapman. SHunchaki hakamlar bizga futbol o'ynashimizga yo'l qo'yishmadi. 

- Grigalashvili va Boydullaevning maydonga tushmagani tasirini o'tkazdimi?

- Yo'q. Reja qilgan ishlarimizni maydonda ko'rsatishga harakat qildik. Balki barchasi ham o'xshamagandir. SHunchaki holat shunday ko'rinish oldi.

- "G'ijduvon" jamoasi Sizni hayron qoldira oldimi?

- Ha, albatta. Juda ko'p hayron qoldirdi. Maydonda ko'p futbolchilari jarohat oldi. Ikkinchi bo'limda futbol o'ynaganimiz yo'q. Menimcha shunday. Ajoyib, ularni tabriklayman. 

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика