So’nggi yangiliklar

19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:54"Персеполис" — "Алуминиум Арак". Таркиблар маълум  1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  29

Vadim Abramov: "Birinchi davrada yaxshiroq natija qayd etishimiz mumkin edi. SHerzod Qodirov va Jahongir O'rozov jamoa bilan birga shug'ullanmoqda" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Birinchi davrada yaxshiroq natija qayd etishimiz mumkin edi. SHerzod Qodirov va Jahongir O'rozov jamoa bilan birga shug'ullanmoqda"

"Dinamo" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov ikkinchi davra startidan avval saytimizga kichik intervyu berdi.

- "Dinamo" jamoasining birinchi davradagi ishtiroki haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Yaxshiroq natija qayd etmoqchi edik, ammo biz kutgan ishlar har doim ro'y beravermaydi. Hozirgi egallab turgan pog'onamiz adolatli degan bo'lardim. Ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladik. Mavsumning ikkinchi qismida vaziyatni o'nglab olishimiz kerak. Barchasi oldinda.

- Jamoa ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladimi?

- Ha. 10 iyulda mashg'ulotlarni boshladik. 15 iyul sanasida bir haftaga Issiq-qo'lga boramiz. Keyin esa, Samarqandga qaytamiz va tayyorgarlikni davom etamiz.

- Tarkibdagi o'zgarishlar haqida fikr bildirib o'tsangiz? Jamoangizni mavsum o'rtasida ham futbolchilar tark etishdi.

- Jamoani avvalroq tark etgan futbolchilar haqida barcha xabardor. SHuningdek, Yagr va Sokollar bilan ham shartnomani bekor qildik. Yangi futbolchilarni qo'shib olish bo'yicha ish olib bormoqdamiz. Issiq-qo'l safaridan keyin yangi futbolchilar nomini bilib olasizlar.

- "Do'stlik" safiga to'p tepayotgan va Pro-liga to'purari bo'lib turgan SHerzod Qodirov "Dinamo" bilan birga mashg'ulot olib borayaptimi?

- Ha. U biz bilan mashg'ulot olib bormoqda. O'zini yaxshi tomonlama namoyish eta olsa, shartnoma tuzamiz.

- Jahongir O'rozovchi? O'rozov ham "Dinamo" safiga qo'shiladi degan gaplarni eshitdik.

- Ha. O'rozov ham biz bilan birga. U bilan shartnoma tuzishga ulgurdik. Yoshlarga o'yin amaliyoti taqdim etish kerak. O'rozov bizga yordam bera oladi degan umiddaman.

- Evropa chempionati finaliga taxmin bildirib o'tsangiz?

- Ispaniya chiroyliroq futbol namoyish etmoqda. Angliya esa juda zich taqvimli ligaga ega. APLdagi futbolchilar 70ga yaqin uchrashuvlarda ishtirok etishadi. SHahsan men Ispaniyaga muxlislik qilaman. Ispaniyaning zaif jihati - standart vaziyatlar. Yorqin ispanlar, pragmatik inglizlar bilan to'qnash keladi.

- Ikkinchi davradagi intriga va raqobat haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- CHempionatdagi jamoalar darajasi tenglashdi. Yaqqol lider yo'q. Oradagi farq katta emas. Tanaffusda chog'ida kim yaxshiroq tayyorgarlik ko'rsa, ikkinchi davrada yaxshiroq natija qayd etadi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика