So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  8 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Vadim Abramov: "Barcha muxlislardan uzr so'rayman" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Barcha muxlislardan uzr so'rayman"

Teglar :  "Dinamo"
Superliga 13-turi doirasidagi "Dinamo" - "Bunyodkor" (0:3) uchrashuvidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Avvalo, muxlislardan uzr so'rashim to'g'ri bo'ladi, bugun minglab muxlislar stadionga kelgandi, ammo biz bayramona kayfiyatni ulasha olmadik. Barcha muxlislardan uzr so'raymiz. Vaziyatni keyingi o'yinlarda o'nglashga harakat qilamiz.


O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, bahsni yomon boshlamadik, ammo eng alamlisi raqib safidagi bir futbolchi – Temurxo'ja Abduxoliqov butun jamoamizni yakkalikda mag'lub etdi. Bu vaziyatda himoya chizig'i qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, ikkita xato uzatma va biz ikkita to'pni o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'nglash uchun chiqqandik, ammo yana biz gol urishimiz kerak bo'lgan joyda ular urishdi. Bu vaziyatda ham birgina Abduxoliqov uch kishini dog'da qoldirdi. Bunday o'ynamaslik kerak. Xatolarni tahlil qilamiz.


- Futbolda mag'lub bo'lmagan jamoa bo'lmaydi. Bu mag'lubiyat jamoaga sovuq dush kabi tasir qiladimi?

- Shunga umid qilaman, chunki hammasi jamoaning bu mag'lubiyatga qanday reakciya bildirishiga bog'liq. Uch kundan keyin safarda Qo'qon jamoasiga qarshi o'ynaymiz. Bugungi o'yindagi xatolarni o'sha o'yinda tuzatishimiz shart. 


- Ilk mag'lubiyatga qaramay, o'yindan keyin muxlislar «Dinamo»ni olqishlar ostida kuzatib qo'yishdi...

- Bugun ularni xursand qilishni maqsad qilgandik, shunga harakat qildik, ammo bugun bizning kunimiz emasdi. Harakatlarimiz samarasini bermadi. Kechirib bo'lmas xatolar gollarga sabab bo'ldi. Bazi vaziyatlarda sovuqqonlik ham etishmadi. 


Mag'lubiyatdan fojia yasamaymiz, hammasi hali oldinda. Ammo men uchun bundan to'g'ri xulosa chiqarib, mag'lubiyatga yarasha javob qaytara olishimiz juda muhim. Qachondir mag'lub bo'lardik, baribir.


- «Dinamo» 1-davraning eng yorqin jamoalaridan biri bo'lmoqda. Shunga qaramay, jamoa davralar oralig'ida qaysi chiziqlarni kuchaytirmoqchi? Sababi yuqori o'rinlar uchun kurashishga bazi chiziqlarni kuchaytirish kerakligi ko'rinib turibdi...

- Shubhasiz, 2-davra oldidan kuchayishimiz kerak. Ammo qaysi chiziqlarni kuchaytirish haqida gapirishga hali erta. Oldinda muhim o'yinlarimiz bor va ularda bizga yordam bera oladigan futbolchilar talaygina. O'zgarishlar haqida esa gapirishga erta, vaqti kelsa bilib olasiz, - dedi Vadim Abramov o'yindan keyin.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика