So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Umid Ergashev "Nasaf" bilan xayrlashdi. U "Navbahor"ga o'tmoqda Yangiliklar

Umid Ergashev "Nasaf" bilan xayrlashdi. U "Navbahor"ga o'tmoqda

"Nasaf" bilan shartnomasi yakuniga etayotgan Umid Ergashev klub bilan xayrlashdi.

"Meni ulg'aytirgan "Nasaf" FK! 

Qadrli "Nasaf" klubi muxlislari va azolari. Bazida qarorlarni qabul qilish juda qiyin, lekin bu sohamizni bir bo'lagi. "Nasaf" libosini 13 yil davomida kiydim. SHu 13 yil mobaynida muxlislarimiz, murabbiylarimiz va jamoadoshlarim bilan g'alaba qozondik, yig'ladik, xursand bo'ldik va eng muhimi biz bir OILA bo'ldik!

Mana sizlar bilan xayrlashish vaqti keldi……. Bu qarorga kelish juda qiyin bo'ldi!

Qashqadaryo xalqi va "Nasaf" muxlislari. Sizlar har doim yuragimning eng tubida qolasizlar.

Hammangizdan qaytarib bo'lmas xotiralarni taqdim etganingiz uchun minnatdorman.

Hayotimga rang-baranglik olib kirgan "Nasaf" klubiga kelasi mavsumda omad va eng yaxshi tilaklarimni tilab qolaman.

"Nasaf"ga o'xshashi yo'q!!!!!", — deb yozdi posbon o'zining Instagram'dagi sahifasida.


Bunga qadar saytimiz tomonidan Ergashev uchun mamlakatimizning uch klubi davogarlik qilgani, yakunda posbon "Navbahor"ni tanlaganini malum qilgan edik.

Ergashev "Nasaf" libosida jami 70ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 69ta to'p olib chiqqan va 24ta "quruq" o'yin o'tkazgan.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика