So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  0 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Umid Ahmadjonov viloyat futbol associaciyalari vice-prezidentlari va akademiyalar direktorlari bilan uchrashdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov viloyat futbol associaciyalari vice-prezidentlari va akademiyalar direktorlari bilan uchrashdi

Teglar :  Umid Ahmadjonov
O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov viloyat futbol associaciyalari vice-prezidentlari hamda hududiy bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari direktorlari bilan yig'ilish o'tkazdi.

Yig'ilishda hududlarda bolalar futbolini rivojlantirish va futbolni ommalashtirish, futbol akademiyalari faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish, mahoratli murabbiylarni tayyorlash va murabbiylar malakasini oshirish, ular uchun xorijda turli seminarlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Ayniqsa, futbol akademiyalarida ishni professional tarzda tashkillashtirish, akademiyalar tarbiyalanuvchilari bilan shartnomalarni to'g'ri tuzish, kelgusida biror futbolchi qaysidir klubga sotiladigan bo'lsa, bundan akademiyalar ham manfaat ko'rishini taminlash masalasiga alohida ahamiyat qaratildi.

"Futbol akademiyalari futbolchini 17 yoshgacha tarbiyalab, o'qitib, unga futbol sir-asrorlarini o'rtagatadi. Keyinchalik bu futbolchi sotiladigan bo'lsa, akademiyalar bundan hech qanday manfaat ko'rmaydi. Bu noto'g'ri. Tarbiyalanuvchilar bilan tuziladigan shartnomalarda keyinchalik futbolchi sotiladigan bo'lsa transfer narxidan malum qismi uni tarbiyalagan akademiyaga tushishi kerak. Bu pullar akademiya rivoji uchun sarflab boriladi.

SHuningdek, bolalar futbolini rivojlantirish, joylarda futbolni rivojlantirish uchun ham har bir viloyat alohida reja tuzgan holda ish olib borishi kerak. CHunki har bir viloyatning o'ziga xos sharoiti bor. Mahallalarda futbol maydonlari qurilishi bo'yicha ham O'FA Futbolni rivojlantirish departamenti va "Mahalla" jamg'armasi bilan birgalikda ish olib borish zarur", - dedi Umid Ahmadjonov.

Bundan tashqari viloyat futbol associaciyalari vice-prezidentlariga yangi futbol mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko'rish bo'yicha ham topshiriqlar berildi. Superligada qatnashayotgan klublar stadionlarda barcha sharoitlarni yaratishlari zarurligi, futbol tomosha qilishga tashrif buyuradigan muxlislar stadionda haqiqiy hordiq chiqarib, futbol uchrashuvini tomosha qilishlari, taom va ichimliklar savdosini yo'lga qo'yish, barcha yoshdagi muxlislar uchun qulayliklar yaratish, oilaviy sektorlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi. SHuningdek, stadiondagi muxlislik madaniyatiga rioya qilish, o'yin davomida so'kinish, hakam va futbolchilarni haqorat qilish kabi salbiy odatlarga barham berish zarurligi takidlandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика