So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Ulug'bek Mirzaev: "Superligani kimga qarshi boshlab, kimga qarshi tugatish unchalik muhim emas" Yangiliklar

Ulug'bek Mirzaev: "Superligani kimga qarshi boshlab, kimga qarshi tugatish unchalik muhim emas"

Xabaringiz bor, 25 fevral sanasida Superligasining 2019 yilgi mavsumiga qura tashlash marosimi o'tkazildi.

«Bunyodkor»ning dastlabki turlardagi raqiblari haqida malumot berib o'tgan edik. Bugun biz klub bosh direktori vazifasini bajaruvchi Ulug'bek Abdusattorovich Mirzaevdan qura va klubning yangi mavsumda Superligada o'tkazishi haqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik.

-Avvalambor «Bunyodkor» futbol klubi muxlislarini, ishqibozlarini turli mish-mishlarga qaramasdan klub Superligadagi o'z o'rnini saqlab qolganligi bilan tabriklayman. Tan olish kerak mavsumlar oralig'idagi tanaffus biz uchun juda og'ir kechdi. Xabaringiz bor so'nggi vaqtlarda klub atrofidagi salbiy mish-mishlar, turli gap so'zlar meyoridan ham ortib ketdi. Ko'pchilik futbol muxlislarida jamoamiz bu yil Superligada ishtirok etmas ekan degan fikrlar uyg'ongan edi. Biroq, shukrki unday bo'lib chiqmadi. Buning uchun O'zbekiston Futbol Associaciyasi hamda Professional Futbol Ligasiga alohida minnatdorchilik bildiramiz. 

Sababi «Bunyodkor»ning tarixi, klubning mavqei, uning xalqaro arenadagi obro'sini hamda so'nggi vaqtlarda klubda amalga oshirilgan ijobiy o'zgarishlar va bajarilayotgan ishlarni inobatga olgan O'FA klublarni licenziyalash bo'limi Superligada ishtirok etadigan 14 jamoa safiga kiritdi. O'ylaymanki, avval bo'lgani kabi bundan keyin ham «Bunyodkor» reglamentda belgilangan vazifalar va talablarga jiddiy etibor qaratadi hamda boshqa klublarga bu borada o'rnak bo'lib namuna ko'rsatishga harakat qiladi. Klubimiz nafaqat nazariy jihatdan balki amaliy jihatdan ham doimliiy tarzda o'z so'zini aytishga intiladi, shuningdek Vadim Abramov boshchiligida yashil maydondagi natijalarimiz bilan «Bunyodkor»ning avvalgi mavqeini qaytarib muxlislarni xursand qilishga vada beramiz. Hozirgi kunda tarkibimiz ancha yoshargan, tajribali futbolchilarimiz klubni tark etdi. Biroq, biz shu yoshlarimiz bilan ham «Bunyodkor»ning sharafini munosib himoya qilamiz.

Quraga keladigan bo'lsak, Superliga ikki davrada o'tkaziladi, ikki davra davomida barcha klublarga qarshi ikki martadan o'ynaymiz. SHu sababdan ham Superligani kimga qarshi boshlab, kimga qarshi tugatish unchalik muhim emas. Muhimi biz yana Superligadamiz! Va yana bir bor O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Professional Futbol Ligasiga «Bunyodkor»da olib borayotgan ishlarimizni ijobiy baholab ishonch bildirgani va jamoamizni Superliga jamoalari qatorida ko'rgani uchun minnatdorchilik bildiraman".


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика