So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   7 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Ulug'bek Baqoev: "Barcha o'zbekistonliklarni g'alaba bilan tabriklayman!" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Barcha o'zbekistonliklarni g'alaba bilan tabriklayman!"

OFK Kubogi Markaziy mintaqa finalidan o'rin olgan "Xo'jand" – "So'g'diyona" o'yinidan keyingi matbuot anjumanida vakillarimiz ustozi Ulug'bek Baqoev fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Hammaga xayrli kech. Ko'rganingizdek, qiyin ob-havo sharotida o'ynadik. Biz vaziyatlarimizdan unumli foydalandik. O'ylaymanki, 3:0 dan keyin hammasi hal bo'lgandi. Yigitlarga qilingan mehnat, sabr uchun rahmat aytmoqchiman. Bunday sharoitda hatto o'yinni o'tirib tomosha qilish ham qiyin. Futbolchilarimiz, klubimiz muxlislari va umuman barcha o'zbekistonliklarni g'alaba bilan tabriklayman!

- CHap qanot himoyachisi Vitaliy Denisov o'ng qanot himoyasida harakat qildi. Bunga nima sabab bo'ldi? Jo'rabekovning yo'qligimi?

- SHahboz Jo'rabekov kartochkalari ko'payib ketgani bois bugungi bahsni o'tkazib yubordi. SHu bois Vitaliy Denisovni o'ngda o'ynatishga qaror qildik. O'ylaymanki, u juda zo'r o'ynadi. Har qanday professional futbolchi to'g'ri kelsa, hatto davrozada ham turishi kerak. Bunday holatlar uchrab turadi. 

- "So'g'diyona" yirik hisobda g'alaba qozonganiga qaramasdan, jamoangiz futbolchilarida qanday xatolarni ko'rdingiz?

- Har bir uchrashuvda xatolar uchraydi. CHunki bu – futbol. Xatolarsiz futbol bo'lmaydi. Hozir buni izohlash qiyin. O'yinni ko'rib chiqib, shundan keyin xulosa chiqaramiz.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика