So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Ulug'bek Bakaev: "Keyingi o'yinlarda ochiqroq va agressivroq bo'lishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Keyingi o'yinlarda ochiqroq va agressivroq bo'lishga harakat qilamiz"

Superliganing 2-turi doirasida "Qizilqum" mag'lub qilinganidan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida qatnashdi.


- Birinchi o'yindan keyin yigitlarda ruhan cho'kish bo'ldi. Shu sababli bugungi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi. O'yin biz uchun yaxshi boshlandi. Ketma-ket vaziyatlar yaratdik, tezkor gol urib oldik. Keyinchalik yana bir-ikki vaziyatlar bo'ldi. Vaziyatlar golga aylanmaganidan keyin biz himoyaga etibor berishni boshladik. Ikkinchi bo'limda ham chuqur himoyalana oldik. Ikkinchi gol bizni xotirjam qildi. Pochinni ochib oldik, bu uch ochko bilan barcha futbolchilarimni tabriklayman va hech kimga etibor bildirishni istamayman. Ular bugun o'zlarini o'yinga bahsh qila olishdi. G'alaba bilan tabriklayman va endi keyingi uchrashuvlarni o'ylashni boshlaymiz.

- Mavsumdagi ilk g'alaba bilan tabriklayman. O'zingiz aytganingizdek, bugun jamoa natija uchun o'ynadi. Ikkinchi gol esa o'yinni o'ldirdi. Bugun ham jamoa o'tgan safargidek hujumkor o'ynasa bo'larmidi?

- Bularning barchasi ruhiyat bilan bog'liq. Ko'rgan bo'lsangiz, bugun darvozabonimiz uch-to'rt xatoga yo'l qo'ydi va bu golga olib kelishi mumkin edi. Yigitlar o'yinni olib chiqib keta olishdi. Birinchi o'yinda 90+4-daqiqada gol o'tkazganimizdan keyin yigitlarda pasayish bo'lgandi. Ko'p narsa shunga bog'liq. Keyingi o'yinlarda bunday holatlar bo'lmasligiga umid qilaman. Shu orqali boshqacharoq futbol o'ynaymiz, ochiqroq, agressivroq bo'lishga harakat qilamiz.

- Bugungi maydonning holatiga qanday baho berasiz?

- Maydon haqida nimadir deyish qiyin. Chunki bu maydonda men futbol o'ynamadim. Ushbu maydonda ikkala jamoa ham futbol o'ynadi, demak, jamoalarda sharoitlar bir xil edi. 

- Bugungi o'yinda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytira oldimi.

- Ushbu futbolchilar aslida asosiy tarkib azolari hisoblanishadi. U bungacha terma jamoa ixtiyorida bo'lib turgandi. Ikki hafta davomida biz bilan bo'lmagani uchun mashg'ulotlar davomida o'sishga erishmoqda. Bugun u zaxiradan tushib, gol urdi. Gap yo'q. Uni olqishlayman.

- Bugungi o'yinda o'tgan safargisiga qaraganda himoyada o'zgarish bo'ldi. Bu 90+4-daqiqada o'tkazib yuborilgan gol bilan bog'liqmi?

- Bu erda futbolchining xatolari kuzatildi. Shu sababli u bilan gaplashdik va bugun uni zaxirada qoldirdik. Bu qaror to'g'ri bo'lganini natijada ko'rdik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика