Ulug'bek Bakaev: "Gol o'tkazib yuborgan vaziyatimiz va penalti belgilangan vaziyat bo'yicha ham savollarim bor"
20 apr 08:58
Yangiliklar


Ulug'bek Bakaev: "Gol o'tkazib yuborgan vaziyatimiz va penalti belgilangan vaziyat bo'yicha ham savollarim bor"
"O'yin juda yaxshi bo'ldi. "Nasaf" juda yaxshi o'ynadi va to'pni nazorat qildi. Bizning jamoa ham intizomli o'yin namoyish etdi va futbolchilarga hech qanday etirozim yo'q. Kichik xatolar tufayli gollar o'tkazib yubordik, ammo bu futbol va mag'lubiyat o'yinning bir qismi. Ketma-ket uch o'yindan beri mag'lub bo'layotganimiz yomon. Har bir sportchi bunday holatda ruhiy tomonlama kuchsizlanib qoladi. Ishlashda davom etishimiz kerak" - deydi Ulug'bek Bakaev bugungi bahs haqida.
- Ikkinchi taymda o'yinga qo'shilgan "Nasaf" futbolchilari bugungi uchrashuvning yakuniy natijasiga qanchalik tasir o'tkazdi deb o'ylaysiz? Masalan, Cholovich va Nasrullaevlar maydonga tushganidan so'ng foydali harakatlar qayd etishdi...
- Menimcha, o'yin natijasiga epizodlar tasir qildi. Qishda, hakamlar qo'mitasi vakillari jamoamizga instruktaj o'tkazishgan edi. Ular asosan yangi qoidalarni tushuntirib o'tishgan edi. Yangi qo'llanmalar va yangi o'zgarishlardan xabardor bo'lganimizdan xursand edim. O'sha instruktajda, bizga yangi mavsumda mayda follarga kamroq etibor berilishi, ko'pgina vaziyatlarda o'ynashga imkoniyat berish va imkon qadar kamroq pauzalar bo'lishi haqida aytishgandi. Biz bunday yangiliklardan xursand edik, albatta. Sababi o'yin ritmi tezlashadi va hokazo. Dastlabki turlarda barchasi shunday bo'ldi. Masalan, OKMKga qarshi kechgan birinchi turda biz so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yubordik. O'sha vaziyatda bosh hakam vaziyatga aralashmadi va vaziyatni yakunlashga imkoniyat berdi. Biz esa o'sha hujumda gol o'tkazib yubordik. Bugun esa bunday bo'lmadi, instruktaj jarayoni tushuntirilgan qoidalarga rioya qilinmadi. Gol o'tkazib yuborgan vaziyatimiz va penalti belgilangan vaziyat bo'yicha ham savollarim bor. Masalan, terma jamoamizning so'nggi uchrashuvlariga nazar tashlasak. Qirg'iz Respublikasiga qarshi kechgan bahsda Masharipov to'pga yugurayotgan edi, raqib futbolchisi esa Masharipov bilan to'qnashmadi, ammo himoyachi oyog'i bilan Masharipovga tegingan edi va Masharipov yiqildi. Bosh hakam esa Jaloliddinga simulyaciya uchun sariq kartochka ko'rsatdi. O'sha vaziyatni hamma ko'rdi. Bugun ham shunga o'xshash holat ro'y berdi, ammo hakam penalti belgiladi. Shunday vaziyatlar orqali ikkinchi va uchinchi gollarni o'tkazib yubordik va tabiiyki biz hisobni qisqartirish uchun hujumga o'ta boshladik. "Nasaf" uchun esa bu osonlik tug'diradi. Raqibimiz ochiq zonalarga ega bo'la boshladi. Bularning barchasi mening shaxsiy fikrim.
- "Buxoro" qachon o'z stadioniga qaytadi?
- Bu savolni oldin ham berishgan edi. Biz Kubok musobaqasidagi keyingi uchrashuvni o'z uyimizda o'tkazamiz. Uyda o'ynayotganimizda muxlislar bizni qo'llab-quvvatlaydi va yonimizda bo'ladi. Bu esa futbolchilarga qo'shimcha kuch va ruhiy ustunlik beradi. Neytral maydonda esa aynan shunday hissiyotlar etishmaydi. Umid qilamanki, tez orada o'z stadionimizga qayta olamiz.
- "Buxoro" so'nggi to'rt uch o'yindan buyon gol ura olmayotgan edi. Bugun himoyachi Sardor Qulmatov raqib darvozasini ishg'ol etdi. O'tgan o'yinlardan birida agar hujumchida gol urish qobiliyati bo'lmasa, u nima bo'lsa ham gol ura olmaydi degan edingiz. "Buxoro" hujumchilaridan qanchalik ko'nglingiz to'lmoqda?
- Men sobiq hujumchi sifatida shuni ayta olamanki. Hujumchida qobiliyat va qobiliyatsizlik bo'ladi. Masalan, zaxiradan o'yindan qo'shilgan Qayumovni misol qilib olaylik. Men uning o'ziga bu haqda ko'p marotaba aytganman. Agar hujumchi raqib darvozasi tomon zarba yo'llamasa, tezkorlik bilan qaror qabul qilmasa, himoyachilardan ertaroq qaror qabul qilmasa, epizodlarni oldinda o'qiy olmasa va hokazo. Bular hammasi hujumchining qobiliyatlari, agar u bunday vazifalarni bajara olmasa, o'yinda gol urish juda qiyin bo'ladi.
Hujumchimiz Milan Turkiyadagi yig'inlarida tovonidan jarohat oldi. Bugun rotaciyaga qo'l urdik va Norxonov va Dominik o'rinlarini o'zgartirdik. "Nasaf" yaxshi himoyalanadigan jamoa. Umuman olganda, barcha jamoalar to'g'ri himoyalanishni o'rganib olishdi. Chempionatimizdagi asosiy hisoblar 2:1 yoki 1:0 hisobi bilan yakunlanmoqda.
- O'zingiz ham hujumchi bo'lgansiz. Hozirgina hujumchilarga hos bo'lgan sifatlar haqida aytib o'tdingiz. Hozirgi kunda O'zbekistonlik qaysi hujumchi sizning tasvirlab bergan sifatlarga ega yoki qaysi hujumchining o'yini sizga ko'proq yoqadi?
- Boshqa hujumchilar xafa bo'lishmaydi degan umiddaman. Menga Sergeev juda yoqadi. Boshqa hujumchilarni ham aytib o'ta olaman, albatta. Keling, yaxshisi hech kimni ajratib ko'rsatmaylik. O'z jamoasida asosiy tarkibda o'ynayotgan hujumchilarning barchasini yaxshi o'yinchilar deb hisoblayman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Чўкаятган кема янада чўкмоқда!
Хакамлар ўз репертуарларида давом этмоқдалар