So’nggi yangiliklar

12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  6 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  12 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  2 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  5 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  14 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  2 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  11 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  70 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  6

"Real Madrid" – Evropa Superkubogi sohibi! Mbappe ilk o'yinidayoq gol urdi va sovrin yutdi Yangiliklar

"Real Madrid" – Evropa Superkubogi sohibi! Mbappe ilk o'yinidayoq gol urdi va sovrin yutdi

"Real Madrid" va "Atalanta" UEFA Superkubogi uchun bahs olib borishmoqda.

"Real Madrid" – "Atalanta" 2:0

Gollar: Valverde (59, Vinisius), Mbappe (68, Bellingem).

Real: Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 88), Militao, Ryudiger, Mendi, Tchuameni, Valverde, Bellingem (Sebalos, 88), Rodrigo (Modrich, 76), Mbappe (Dias, 83), Vinisius (Gyuler, 88)

Atalanta: Musso, Dzappakosta (Godfri, 63), Djimsiti, Xin (Palestra, 89), Kolashinac (Bakker, 71), Rudjeri, Ederson, De Roon, Pashalich (Manconi, 89), De Ketelare (Retegui, 63), Lukman

Ogohlantirish: de Roon (10), Vinisius (42), Jimsiti (64).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Real" mavsumni Superkubok bilan boshlamoqda. Mbappe ilk o'yinidayoq gol va sovringa ega chiqmoqda.

Bahsga 2 daqiqa qo'shib berildi.

88. Vini, Karvaxal va Bellingem ham zaxiraga olindi. Ular tillarang kiyimlarni kiyib, sovrinni ko'tarishga tayyorlanishlari kerak)

85. Lukman hujumda paydo bo'ldi va yana Kurtua darvozasiga zarba bera olmay qaytdi.

83. Mbappe uchun o'yin tugadi. Dias maydonga tushdi. Bugun u missiyasini bajardi.

81. Vinisiusning master-klassidan ilhomlanib ketgan "Atalanta" futbolchisi avtogol urib qo'yishi mumkin bo'lgandi. To'p darvozaga kirishni istamadi.

76. UXXXXXXXXXX!! Bo'sh qolgan darvozaga kirib ketayotgan to'pni Militao qaytarib yubordi

74. ZARBAAAAAAAA!! Rodrining zarbasini Musso ushlab oldi.

68. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! MBAPPPEEEEEEEE!!! Bellingemdan super assist!

Taym boshida hisobni "Atalanta" ochishi mumkin bo'lgandi. Oradan 12 daqiqa o'tib, "Real" gol urdi. Yana ikki-uch daqiqa ichida gollar urib tashlashi mumkin bo'lgandi. "Real" bunday ehtimollarga "tupurib" qo'ygan)

64. Bellingemni "chopgani" uchun Jimsiti sariq oldi.

62. UXXXXXXXXXXXXX!!! Ikkinchi golni o'tkazishni istamayapti Musso. Darvoza chizig'i ustidan to'pni qaytarib yubordi.

61. ZARBAAAAAAA!!! MUSSOOOOOOO!!! Hozirgina himoyachilarni "do'konga jo'natgan" Vini raqib posbonini alday olmadi. Birga-bir vaziyatdan keyin gol ko'rmadik.

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Mana bu shedevr! Vini master-klass o'tadi va Valverde gol urdi!

56. Tezkor qarshi hujumda Bellingemning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

55. "Atalanta" hujumga o'tdi. SHu pasdan keyin zarba beriladi deb turilgan bir vaqtda Militao to'pni egallab oldi va tezkor qarshi hujum amalga oshirildi.

53. "Real" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Biroq bundan samara chiqmadi.

47. KURTUAAAAA!! Nimalar qilib tashladi uuuuuu? Baqirib yubordim. Bunday seyvlarni umuman ko'rmagandim. Hullas tushuntira olmayman, amallab videosini topib ko'rganingiz yaxshi.

46. Ikkinchi bo'lim ham "Real"ning hujumi bilan boshlandi. Mbappening kuchli zarbasi noaniq ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Lukman, Vini, Mbappe va Rodri bor o'yinning birinchi bo'limida birorta ham aniq zarba berilmabdi. Klublar futbolini sog'inganlarga salomlar)

Demak, tanaffus! Hozircha Mbappe uchun ideal taym deya olmaymiz.

45. ZARBAAAAAAAAA!!!! Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berilgani elon qilinayotgan paytda bir begona to'p darvoza yonida Rodrigo bilan paydo bo'lib qoldi. Rodri esa darvoza to'sinidan alami bor edi shekilli, ilojsiz joyda to'sinni poylab bera oldi.

43. Lukman zarba yo'lladi. To'p himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi.

42. Hullas, o'yin tempi anchagina tushib ketdi. Zerikdik biroz. Vinisius sariq olgani uchun shu qator qo'shildi)

34. IE! Lukman nimalar qildi? Bu erda Bellingemchi? Hullas hujumchilar bir daqiqa ichida ikki marta juda no'noq va qo'pol harakatlar qilishdi. Birinchisi oddiy joyda to'pni himoyachilarga sovg'a qilgan bo'lsa, ikkinchisi to'p o'rniga darvozabonni tepdi.

30. Tomonlar biroz vaqt shahmat o'ynashga o'tib ketishdi: aql va taktika jangi. Pozicion hujumga o'tishga harakatlar bo'ldi, lekin himoyachilar bunga yo'l qo'yishmayapti.

27. ZARBAAAAAAA!! Edersonning uzoq masofadan kuchli zarbasi noaniq ketdi. O'sha erdan Kurtuaga gol urmoqchi bo'ldi-e)

25. UXXXXXXXXXXXX! Militao avtogol urib qo'yishi mumkin edi. Kurtuaning joniga darvoza to'sini oro kirdi.

"Atalanta" bu o'yinda aniq bir reja va taktika asosida o'ynayotgani aniq. Himoyada uch qavatli "defence wall" tashkil qilingan bo'lsa, hujumga o'tayotganda o'sha uch qavatning ikkitasi tezkorlik bilan oldinga chiqmoqda.

17. Ikki daqiqa mobaynida "Real" jiddiy bosim amalga oshirdi. Avvaliga Vinisiusning superpasidan keyin Bellingem chap qanotda paydo bo'ldi va markazga to'pni uzatdi. De Roon xavfni bartaraf qildi. Ikkinchi tempda esa Rodrigoning qanotdan uzatmasiga hech kim tegmadi va to'p autga chiqib ketdi.

15-daqiqaga kelib, Mbappedan ilk zarbani ko'rdik. Uning zarbasiga himoyachi "blok" qo'ydi.

12. Mendi bilan to'qnashib ketgan Zappakosta jarohat oldi va uning boshiga "to'r" kiydirib qo'yishdi.

10. Martin de Roon ogohlantirildi. Ilk sariq kartochka o'zini ko'p kuttirmadi.

Uchrashuvdagi sokinlik vaqtida lirik chekinish: SHomurodov AQSH tomon yo'l olyapti. Reklama bilan biz tirikmiz)

7. Bahsdagi ilk xavfli hujumni "Real" darvozasi yaqinida ko'rdik. Zakkaposta (Zappakosta) o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. Darvoza yonida Lukman raqibini itarib yuborgani uchun fol belgilandi va to'p madridliklarga olib berildi.

5. Dastlabki burchak zarbasini "Real" amalga oshirdi. Rodrigoning uzatmasini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

3. Dastlabki daqiqalar "Real"ning bosimi bilan o'tdi. Avvaliga Mbappe, keyinchalik Vini yiqitildi va jarima zarbalari belgilandi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Tarkiblar tanishtirilayotganda suhandon Kilian Mbappeni elon qilganida muxlislarning ovaciyasi yuqori darajada bo'ldi-e)

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Futbol muxlislarining ko'zlari maydonda

- Hurmatli futbol ishqibozlari! "Real"ning ashaddiy muxlislari, umuman barcha-barcha Kilian Mbappening "galaktikos" libosidagi ilk o'yinini kutayotgan barcha-barchaga tungi salomni yo'llaymiz va matnli translyaciyani boshlaymiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика