Uch nafar hujumchi yozda “Liverpul”ni tark etishi mumkin
21 may 2025 10:23
Yangiliklar
Uch nafar hujumchi yozda “Liverpul”ni tark etishi mumkin
Angliya chempioni “Liverpul” yozgi transfer oynasida uch nafar hujumchi bilan xayrlashishi mumkin.
Jurnalist Florian Plettenberg o'zining X sahifasida xabar berishicha, Saudiya Arabistoni klublari urugvaylik hujumchi Darvin Nunesga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, “Liverpul“da yana ikki hujumchisi bo'yicha ham taklif bor. Yozda portugaliyalik Diogu Jota va kolumbiyalik Luis Dias jamoani tark etishi mumkin.
Luis Dias joriy mavsumda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan, Darvin Nunes 46 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Diogo Jota 36 uchrashuvda maydonga tushib, 9 marta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar