So’nggi yangiliklar

19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:54"Персеполис" — "Алуминиум Арак". Таркиблар маълум  1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  29

U futboldan ko'ra, pulni tanladi. Kazemironing “Manchester Yunayted”ga o'tishi xato bo'ldi (Nikolay Egorichev) Yangiliklar

U futboldan ko'ra, pulni tanladi. Kazemironing “Manchester Yunayted”ga o'tishi xato bo'ldi (Nikolay Egorichev)

Yozgi transfer oynasida etiborga loyiq transferlar ko'p bo'ldi.

Jumladan, Levandovski "Barsa"ga, Xoland esa "Man Siti"ga va boshqa yuqori darajadagi transferlar amalga oshirildi. "Manchester Yunayted"ga o'tish arafasida turgan Kazemiro bular qatoriga kirishi mumkin. Ammo bu braziliyalik uchun katta xato bo'lishi mumkin.

Kazemiro hali ham ajoyib formada. UEFA Superkubogi bahsida u maydonda eng yaxshilardan biri bo'ldi va David Alabaga golli uzatma berdi. Demak, Kazemironing “Real”ni tark etishi madridliklar ustozi Karlo Anchelotti talabiga mos kelmagani bilan bog'liq emas. 

Buning sabablaridan biri jamoani qayta qurish bo'lishi mumkin. Kazemiro 30 yoshda va uning o'rniga ikki yosh yulduz - Orelen CHuameni va Eduardo Kamavinga olingan. Ular braziliyalikdan ancha yosh (mos ravishda 22 va 19 yosh), ikkalasi uchun ham munosib pul to'lashdi. Bu birinchi navbatda CHuameniga tegishli - 80 million evro. Kamavinga "Real"ga "Qirollik klubi" standartlari bo'yicha kamtarona 31 million evroga tushdi. “Qaymoqranglilar” rahbariyati jamoaning kelajagini yuqoridagi futbolchilarda ko'radi deyish mumkin.

Odatda, transferlar vaqtida futbolchining ruxsatisiz birorta kelishuv amalga oshmaydi. Kazemironing o'zi esa “Manchester Yunayted”ga o'tishga qarshi emasligi sezilib qoldi. Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" braziliyalik futbolchiga hozirda "Real"da olayotganidan ikki yarim baravar ko'p maosh taklif qilmoqda (mos ravishda 8 va 20 million evro). Bu Premer-ligadagi eng yuqori maoshlardan biri bo'ladi. Faqat uchta futbolchi - Krishtianu Ronaldu, Erling Xoland va Muhammad Saloh braziliyalik xavbekdan ko'proq maosh oladi. 

"Manchester Yunayted"ga o'tish, aslida, Kazemironing kelajakdagi faoliyatiga nuqta qo'yadi. “Qizil iblislar”ning muammolari ko'p: hali yangi mamlakatga moslashmagan yangi murabbiy; top transferlar va umuman transfer siyosatining yo'qligi; O'yin inqirozi, bu Premer-liganing boshida ketma-ket ikkita mag'lubiyatga olib keldi - kamtarona "Brayton" (1:2) va “Brentford” (0:4). Aytgancha, keyingi turda “Manchester Yunayted” “Liverpul” bilan to'qnash keladi.

Kazemiroga boshqa klublar qiziqish bildirib kelgan, ammo braziliyalik futbolchining o'zi "Manchester Yunayted"ga o'tishni istadi. Bu haqda Karlo Anchelotti bir kun oldin elon qildi. 

"Men Kazemiro bilan gaplashdim. U yangi chaqiruvni xohlaydi va biz uning qarorini tushunamiz”, - dedi “Real” bosh murabbiyi.

Ispaniyadagi futbol Kazemironi “Manchester Yunayted”da kutayotganidan tubdan farq qiladi. Masalan, Saul Niges Premer-liga talablariga moslasha olmadi. Futbolchi “Atletiko”da yaxshi o'ynadi, lekin o'tgan mavsum ijara asosida o'ynagan “CHelsi”da o'zini ko'rsata olmadi.

Bu kelishuv orqali "Real Madrid" yillar davomida o'ynab kelayotgan tanish yarim himoyani yo'q qiladi - Kazemiro, Kroos va Modrich. CHuameni va Kamavinga braziliyalikni to'liq o'rnini bosa oladimi? Bu biroz vaqt talab qilishi aniq. Ammo "Real Madrid" bunga tayyor ko'rinadi.

Kazemiroga kelsak, u hozir futbolni emas, pulni tanladi. Bunday o'tishlar, ko'pincha, yaxshi narsa keltirmaydi. Hech bo'lmaganda vatandoshi Neymardan o'rnak olsa yaxshi bo'lardi. U "Barsa"da ajoyib o'ynadi va 2015 yilgi "Oltin to'p"da uchinchi o'rinni egalladi. Ammo Neymar eng zo'r bo'lish o'rniga PSJdan tushgan "yog'li" shartnomani tanladi.

Nikolay Egorichev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика