So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

U Buffonning vorisi bo'lishi kerak edi Yangiliklar

U Buffonning vorisi bo'lishi kerak edi

Bu maqomga nomzodlar ko'p bo'lgandir, lekin Salvatore chindan ham ulkan salohiyatga ega, iqtidorli va yosh darvozabon edi.

Germaniyalik posbon Kevin Trapp PSJ klubiga endigina kelganda, Zlatan Ibragimovich unga laqab topib qo'yib ulgurgandi — Adolf. "Agar Trapp Ibra uchun Adolf bo'lsa, demak, u qolganlar uchun ham Adolf. Zlatan umuman olganda, Kevinni tahqirlash niyatida emasdi. Biroq bu yangi kelgan futbolchi tufayli zaxiraga o'tirib qolgan do'sti Salvatore Sirigu uchun olingan o'ch edi", — deb xotirlaydi "L’Equipe" jurnalisti. 

2011 yil Sirigu "Palermo"dan PSJ tomon Italiya futbolining kelajagi, termaning bo'lajak asosiy posbonilikka nomzod sifatida yo'l oldi. Sirigu o'shanda 24 yoshda edi. Ammo oradan to'rt yil o'tib, Loran Blan asosiy tarkibga Sirigudan ko'ra Trappni loyiqroq deb hisobladi. Terma jamoadagi joy esa ha deganda Jijji Buffondan bo'shayvermadi.

"Men Siriguni ko'rganda hayratda edim. U menga yoshligimni eslatib yuborgandi", — xotirlardi Buffon. Qiziq holat... Bugungi kunda PSJ darvozasini aynan Janluijji qo'riqlamoqda. Sirigu esa bildirilgan ishonchni, umidni oqlolmadi va kutilgan darajaga chiqa olmadi. "Skuadra Adzurra" darvozasini esa kutilmaganda katta futbolga shiddat bilan kirib kelgan yosh yigitcha Janluijji Donnarumma egalladi. Sirigu esa "Sevilya" zaxira o'rindig'ini malum muddat band etib o'tirgach, "Osasuna"da omadsiz yarim yilni o'tkazdi (18 o'yinda 51ta gol o'tkazib yubordi) hamda "suvga tushgan mushukdek" Italiyaga qaytdi. 

Tunda "Torino" o'z maydonida "Kevo"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi va klub rekordini takrorladi — olti uchrashuvda jamoa umuman gol qo'yib yubormagan edi. Sirigu "buqalar" tarixiga kirishga muvaffaq bo'ldi — darvozabon 557 daqiqadan buyon darvozasi daxlsizligini saqlab turibdi. Bu borada u 1976/77 yillar mavsumida 517 daqiqa gol o'tkazmagan Luchano Kastellinini ortda qoldirdi.

Bu Salvatorening faoliyatidagi eng yaxshi ko'rsatkich emas — 2012/13 yillarda PSJ tarkibida chempionat bahslarida Salvatore 950 daqiqa umuman gol o'tkazmagan. Ammo "Torino"dagi bunday ko'rsatkich — butkul boshqa masala. O'zingiz o'ylab ko'ring, Franciyada gegemon hisoblangan PSJ darvozasini qo'riqlash qayda-yu, Italiyaning o'rtamiyona jamoasi darvozasini himoya qilish qayda? Agar yangi mavsum boshida top-jamoalarga yaxshi posbon kerak bo'lsa (bu borada birinchi navbatda "Roma" xayolga kelmoqda), ular Siriguga etibor qaratishlari lozim. Axir darvozabon endigina 32 yoshda.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика