U-23 Osiyo Kubogi. Matematikaga o'rin qolmadi: O'zbekiston Koreyani yutib, keyingi bosqichga chiqdi
13 jan 18:26
Yangiliklar
U-23 Osiyo Kubogi. Matematikaga o'rin qolmadi: O'zbekiston Koreyani yutib, keyingi bosqichga chiqdi
U-23 Osiyo Kubogi.
Guruh bosqichi. 3-tur.
O'zbekiston U-23 - Janubiy Koreya U-23 2:0 (TUGADI)
Ar-Riyod. "Shahzoda Faysal bin Fahd Sport Siti" stadioni
Hakamlar: Qosim Al Hatmi (O'mon)
Gol: Behruz Karimov 48, 1:0, Saidumarxon Saidnurullaev 70, 2:0
O'zbekiston: 21. Samandar Muratbaev, 2. Saidxon Hamidov, 4. G'iyosjon Rizaqulov, 6. Ravshan Xayrullaev (10. Rustam Fomin, 88), 7. Sardor Bahromov (5. Ozodbek Ergashov, 90+2), 8. Muhammadali Reimov (9. Saidumarxon Saidnurullaev,46) 11. Asilbek Jumaev, 16. Behruz Karimov (19. Muhammad-Bobur Karimov,88) 20. Dilshod Abdullaev, 22. Nurlan Ibraimov, 23. Abdug'afur Haydarov (17. Amirbek Saidov, 46)
Zaxira: 1. Maksim Murkaev, 3. Dilshod Murtazaev, 12. Umar Rustamov, 13. Islom Anvarov, 14. Azizbek To'lqinbekov, 15. Meyirbek Rejabaliev, 18. Shoxjahon Yorqinboev,
Janubiy Koreya: 21. Xong Seon Min, 3. Bae Xyun Seo (22. Jang Seok Xvan,46) 5. Lee Xyung Yong, 7. Kang Seong Jin, 8. Kim Dong Jin, 9. Kim Tae Von, 13. Kim Dox Yun (14. Jung Seung Bae,58), 15. Kim Xan Seo, 18. Jeong Jae Sang, 19. Lee Geon Xee ( 2. Kang Min Jun,65), 23. Shin Min Xa
Zaxira: 1. Mun Xyun Xo, 4. Jo Xyun Tae, 6. Lee Chan Uk, 11. Joung Ji Xun, 12. Xvang Jae Yun, 15. Bae Ga On, 17. Kim Yong Xak, 20. Park Jun Seo,
YANGILASH
Uchrashuv yakunlandi. Biz keyingi bosqichdamiz.
90+2. O'ZGARISH. O'zbekiston, Sardor Bahromov o'rniga Ozodbek Ergashov tushdi.
90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.
88. O'ZGARISH. O'zbekiston, Ravshan Xayrullaev o'rniga Rustam Fomin, Bexruz Karimov o'rniga Muhammad-Bobur Karimov tushdi.
83. UUX. Janubiy Koreyaning zarbasini himoyachimiz G'iyosjon Rizakulov qaytardi.
73. OGOHLANTIRISH. Nurlan Ibraimov, O'zbekiston.
72. VAR tekshirdi va golni inobatga oldi.
70. GOOOOOOOOOOOOOOOOL. Saidumarxon Saidnurullaev O'zbekistonning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Saidxon Hamidovning uzatmasidan so'ng Amirbek Saidov to'pni Saidnurullaevga qoldirdi. U aniq zarba bilan darvozani to'g'ri nishonga oldi. VAR tekshirmoqda.
62. Livan Eronni yutmoqda. Barchasi yaxshi hozircha.
55. EEEEH. Janubiy Koreya darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keltirdik. Asilbek Jumaevning zarbasini raqib posboni qaytardi.
48. GOOOOOOOOOOOOOOL. BEXRUUZ KARIMOOOOOV. 2007 yilda tug'ilgan futbolchimiz aniq zarba bilan to'pni Janubiy Koreya darvozasiga mixlab qo'ydi.
46. O'ZGARISH. O'zbekiston, Muhammadali Reimov o'rniga Saidumarxon Saidnurullaev, Abdug'afur Haydarov o'rniga Amirbek Saidov tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!
42. ZARBA. Vakillarimiz amalga oshirgan burchak uzatmasi darvoza to'siniga tegdi.
38. Raqib jarima maydonchasi ichida keskinlik yaratishga harakat qilib ko'rdik.
28. Darvozabonimiz Samandar Muratbaev to'pga chiqib kelib xavfni bartaraf etdi.
24. Janubiy Koreya yaxshi pressing qilmoqda.
17. Sardor Bahromovning zarbasi juda noaniq.
7. Janubiy Koreyaning hujumini himoyachilarimiz bartaraf etishdi.
- O'yin boshlandi.
- Ikki davlat madhiyalari yangradi.
- Jamoalar maydonga chiqib keldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar
Гап йўқ, омадли тренер Р. Хайдаров.
Баракалла йигитлар, ўйинимиз очилиб кетди, Кореа сочилиб кетти.
Олға ўзбекистон!!
Кайфиятлар қалай, салгина «ёмонмисиз»
ёшларни айблаб ёздингиз роса,
Айтингчи, энди сиз ҳам «инсонмисиз»
Алхамдулиллах, терма жамога рахмат ва омад!!!