U-23 Osiyo Kubogi. Durang ham qoniqtirmasligi mumkin: guruhimizdagi vaziyat haqida
13 jan 12:36
Yangiliklar
U-23 Osiyo Kubogi. Durang ham qoniqtirmasligi mumkin: guruhimizdagi vaziyat haqida
So'nggi tur oldidan guruhdagi uch jamoa — Janubiy Koreya, O'zbekiston va Eron keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qolgan. Bir qarashda oddiy ko'rinadigan durang ham bu safar etarli bo'lmasligi mumkin. Sababi — barcha hisob-kitoblar reglamentning nozik jihatlariga borib taqalmoqda.
Raqib — nomiga yarasha kuchli
Janubiy Koreya yoshlar darajasida ham Osiyo futbolida doim favorit sifatida qaraladi. Ular musobaqani Eronga qarshi durang bilan boshladi, ikkinchi turda esa Livanni 4:2 hisobida mag'lub etdi. Natijada koreyaliklar guruhda bizdan bitta ko'p gol urgan, ikki gol o'tkazgan holda turnir jadvalida O'zbekiston bilan teng ochko jamg'argan. Ayni paytda ochkolar teng, ammo hisob-kitoblar juda murakkab. Har bir gol, har bir kartochka taqdirni hal qilishi mumkin.
So'nggi tur oldidan scenariylar
Vaziyat juda ravshan, biroq xavfli:
O'zbekiston g'alaba qozonsa, hech qanday qo'shimcha hisob-kitoblarsiz guruhdan chiqadi. Bu eng ishonchli va tinch yo'l.
Durang qayd etilsa, ochkolarimiz 5 tadan bo'ladi. Agar Eron Livanni engsa, guruhda uch jamoa ham 5 ochkodan to'playdi.
Mag'lubiyat holatida, Eron g'alaba qozonsa, ikkinchi o'ringa forslar chiqib ketishi mumkin.
Agar Eron ochko yo'qotsa (durang yoki mag'lubiyat), O'zbekiston hatto yutqazgan taqdirda ham keyingi bosqichga chiqishi ehtimoli saqlanib qoladi.
Shunday ekan, durang ham har doim qutqaruvchi natija bo'la olmasligi mumkin. Ayniqsa bizning sharoitimizda.

Barchasi reglamentga bog'liq
Jamoalar guruhda to'plagan ochkolariga ko'ra saralandi (g'alaba uchun — 3 ochko, durang uchun — 1 ochko, mag'lubiyat uchun — 0 ochko). Agar ochkolar teng bo'lsa, quyidagi hal qiluvchi mezonlar Reglamentning 7.2-moddasiga muvofiq navbati bilan qo'llaniladi:
Teng ochko to'plagan jamoalar o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlarda qo'lga kiritilgan ochkolar;
Teng ochko to'plagan jamoalar o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlardagi to'plar farqi;
Teng ochko to'plagan jamoalar o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlarda urilgan gollar soni;
Agar ikki jamoadan ortiq jamoa teng bo'lib qolsa va yuqoridagi o'zaro uchrashuv mezonlari qo'llanilgandan keyin ham ayrim jamoalar o'rtasida tenglik saqlanib qolsa, ushbu mezonlar faqat shu jamoalar guruhiga nisbatan qayta qo'llaniladi;
Guruhda o'tkazilgan barcha o'yinlar bo'yicha to'plar farqi;
Guruhda o'tkazilgan barcha o'yinlarda urilgan gollar soni;
Agar faqat ikki jamoa teng ochkoga ega bo'lib, ular guruhning so'nggi turida o'zaro maydonga tushgan bo'lsa — penaltilar seriyasi;
Intizomiy ochkolar (sariq kartochka — 1 ochko, ikki sariq kartochka natijasida qizil kartochka — 3 ochko, to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka — 3 ochko, sariq kartochkadan keyin to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka — 4 ochko);
Qura tashlash orqali hal etish.
Xulosa: taqdir o'z qo'limizda
O'zbekiston uchun eng to'g'ri va xavfsiz yo'l — g'alaba. Durang esa raqib maydonida, boshqa o'yin natijalariga qarab xavfli scenariyga aylanishi mumkin. Shu bois so'nggi turda jamoamiz nafaqat natija, balki tashabbusni ham qo'lga olishi shart.
Guruh taqdiri maydonda hal bo'ladi. Ammo har har bir gol va hatto har bir kartochka ortida reglamentning qattiq qoidalari turganini unutmaslik kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar