Tuanzebe "Manchester Yunayted"ni sudga berdi
15 iyu 19:10
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" sobiq qanot himoyachisi, hozirda "Byornli" sharafini himoya qilayotgan Aksel Tuanzebe o'zining sobiq klubiga qarshi Oliy sudga davo arizasi kiritdi.
Manbaga ko'ra, u MYUni tibbiy maslahat tufayli etiborsizlikda ayblamoqda. Bu qanday konsultaciya bo'lgani hozircha nomalum.
Kongo DR terma jamoasining 27 yoshli futbolchisi jarohatlar tufayli "Yunayted" safida bor-yo'g'i 37 o'yinda maydonga tushgan. U 2017 yilning yanvarida asosiy tarkibda debyut qilgan va 2023 yilning sentyabrida "Ipsvich"ga qo'shilgan.
Tuanzebe "Manchester Yunayted"dagi faoliyati davomida ijara asosida "Aston Villa, "Napoli" va "Stok Siti" jamoalarida o'ynagan. U o'tgan oy erkin agent sifatida "Byornli"ga o'tgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar