Transfermarkt va Championat.Asia Superligada avgust oyining eng yaxshilarini aniqlashdi
04 sen 2023 14:06
Yangiliklar
Transfermarkt va Championat.Asia Superligada avgust oyining eng yaxshilarini aniqlashdi
Ovoz berishda Transfermarkt'ning rus tilidagi versiyasi xodimlari va “Championat.Asia” tahririyati ishtirok etdi, ekspert sifatida o'zbekistonlik futbol mutaxassisi, JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi azosi Alisher Nikimbaev qatnashdi. Ovoz berishda Superliganing 14-18-tur natijalari inobatga olindi.
Keskin kurashda Vitaliy Levchenko oyning eng yaxshi murabbiyiga aylandi. U Maksim SHackixni 2 ballga ortda qoldirdi. Uning qo'l ostida “Neftchi” beshta o'yinda 2ta g'alabaga erishdi (ulardan biri “Paxtakor” ustidan) va uchta durang qayd etdi. "Neftchi" ayni paytda Superligda uchinchi o'rinda bormoqda va chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda.
Superligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb "Paxtakor" vakili Diyor Xolmatov tan olindi. U 37% ovoz oldi, uning eng yaqin taqibchilari – Farruh Sayfiev ("Paxtakor") va Muhsin Ubaydullaev ("Neftchi") 16%dan ovoz olishdi. Oltita o'yinda Xolmatov "gol+pas" tizimi bo'yicha 3 ball to'pladi ("Paxtakor" 15 iyul kuni 11-turning qoldirilgan o'yinini "Nasaf"ga qarshi o'tkazdi).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar