Transfer intrigasi: "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi
16 fev 18:33
Yangiliklar
Transfer intrigasi: "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi
"Napoli" yarim himoyachisi APLga qaytish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda va Neapol klubi ehtimoliy takliflar tushishi mumkinligidan xabardor.
Goal.com malumotiga ko'ra, futbolchining o'zi va uning vakili Kem Reding 2026 yilda Angliyaga qaytish ehtimolini o'rganyapti. Uning "Napoli" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi, ammo "qizil iblislar" tomonidan qiziqish yaqin transfer oynasidayoq kuchayishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli shotlandiyalik 2024 yilning yozida 32 mln funt evaziga "Napoli"ga o'tgan va darhol jamoaning asosiy figurasiga aylangan.
U debyut mavsumida Neapol jamoasiga A Seriya chempionligini qo'lga kiritishda yordam berdi va mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shuningdek, Maktominey "Oltin to'p"ga nomzod qilib ko'rsatildi hamda Italiyaning eng yaxshi futbolchisi deb etirof etildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar
Мактоминейни қайтармайди, ёши ўтди энди. МЮ ёзда Форестдан Андерсонни сотиб олмоқчи.