"Tottenxem" futbolchisi Ferrari da o'yinga ketayotib, avariyaga uchradi
28 jan 16:24
Yangiliklar
"Tottenxem" futbolchisi Ferrari da o'yinga ketayotib, avariyaga uchradi
PSJdan ijaraga olingan va "Tottenxem"da to'p tepayotgan hujumchi Randal Kolo-Muani kichik yo'l-transport hodisasiga uchradi. Xizmat safari vaqtida futbolchining sog'lig'iga zarar etmagan.
Seshanba kungi mashg'ulotdan so'ng aeroportga yo'l olgan francuzning "Ferrari Purosangue" rusumli avtomobili shinasi yorilib ketgan. Kolo-Muanining ortidan boshqa mashinada kelayotgan jamoadoshi Vilzon Odober darhol to'xtab, Randalga yordam bergan.
"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank voqea yuzasidan malumot berib, ikkala futbolchi ham bugun Chempionlar Ligasi doirasidagi "Ayntraxt"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olishini tasdiqladi.
"Ikkalasi ham o'zini yaxshi his qilmoqda, hammasi joyida. Men ular bilan hali shaxsan gaplashmadim, lekin ahvollari yaxshiligidan xabarim bor. Ular keyinroq jamoa ixtiyoriga uchib ketishadi", — dedi Frank.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Fikrlar