"Tottenxem" "Nottingem Forest" etakchisi bilan shartnoma imzoladi
02 sen 2023 11:13
Yangiliklar
"Tottenxem" "Nottingem Forest" etakchisi bilan shartnoma imzoladi
"Tottenxem" "Nottingem Forest" va Uels hujumkor yarim himoyachisi Brennan Jonsonni safiga qo'shib oldi.
Futbolchi "Tottenxem" bilan 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi va endi "shporlar" safida 22-raqamda harakat qiladi.
Nottingemda tug'ilgan va "Forest" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan 22 yoshli uelslik futbolchi 47,5 million funt sterlingga baholangan, 2,5 million funt sterling esa bonus sifatida belgilangan.
SHuningdek, "Forest" futbolchining keyingi sotuvidan 10 foiz olishi mumkin bo'ladi.
Jonson o'tgan mavsum Premer-ligada har bir o'yinida maydonga tushib, 8 ta gol urgandi.
Qo'shimcha qilamizki, bu yozda Jonsonga "CHelsi" va "Brentford" ham qiziqish bildirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar