"Tottenxem" Eriksen borasida rasmiy taklif olmagan
12 iyu 2019 15:26
Yangiliklar
"Tottenxem" Eriksen borasida rasmiy taklif olmagan
"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Tottenxem" rahbariyati yarim himoyachi Kristian Eriksen borasida birorta klubdan rasmiy taklif olmagan.
Oldinroq klub prezidenti Deniel Levi "Real" klubi sport direktori Xose Anxel Sanches bilan bog'langani va tomonlar muzokaralar o'tkazgani borasida malumotlar tarqagandi.
Ammo jurnalistlar bilan uchrashuvda Levining o'zi bu xabarlarni rad qildi.
Eriksenning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar davom etadi. Hozircha futbolchining o'zi rahbariyatga klubdan ketish istagi borligini aytganicha yo'q. Londonliklar futbolchini 70 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar