"Tottenxem" "Barselona" vingerini ijaraga olmoqchi
30 avg 2023 14:26
Yangiliklar
"Tottenxem" "Barselona" vingerini ijaraga olmoqchi
"Barselona" va Ispaniya termasi yarim himoyachisi Ansu Fati ijara huquqi asosida "Tottenxem"ga o'tishi mumkin.
"Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavi futbolchini bir mavsum sotib olish huquqisiz qo'yib yuborishga rozi. Ayni damda tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda.
"Barselona" futbolchining maoshini "Tottenxem" to'liq qoplashini istamoqda. 20 yoshli vinger kataloniyaliklarning eng katta maosh oluvchi futbolchilaridan biri sanaladi. Uning yillik maoshi 10 million evroni tashkil qiladi.
Malumot uchun, Ansu Fati La Liganing o'tgan mavsumida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar