So’nggi yangiliklar

17:10Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф". Таркиблар маълум  3 17:10Суперлига. "Сурхон" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  10 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   4 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  0 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  3 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  9 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  2 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  2 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2

"Tottenxem" Abduqodir Husanovni o'z safida ko'rmoqchi Yangiliklar

"Tottenxem" Abduqodir Husanovni o'z safida ko'rmoqchi

"Tottenxem" markaziy himoyachi Mikki van de Ven jarohatidan so'ng, yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash ishlarini tezlashtirmoqchi, deb xabar bermoqda "Football Insider".

23 yoshli Van de Ven "Man Siti"ga qarshi kubok doirasidagi o'yinda tizzasidan jarohat oldi va taxminan 4 - 6 haftaga safdan chiqdi.

Malumotlarga ko'ra, londonliklar yanvar oyidagi transfer oynasidan avval bir nechta transfer variantlari bo'yicha ishlarni faollashtirgan. 

"Tottenxem" soobiq skauti Mayk Braun "Football Insider"ga yuzaga kelgan vaziyat tufayli klub himoya chizig'ini yanada kuchaytirish niyatidaligini malum qilgan. 

Markaziy himoyani kuchaytirishi mumkin bo'lgan variantlardan biri Evropaning qator klublari qiziqishiga sabab bo'lgan 20 yoshli Abduqodir Husanov hisoblanadi. 

"Himoyachi yuqori darajada katta tajribaga ega emas. Faoliyatida davomida asosiy jamoada 62 o'yinda maydonga tushgan Husanov, ularning 37 tasini Belorussiyaning ikkinchi Ligasida o'tkazgan. 

2023 yilda "Lans"ga ko'chib o'tgach, Franciyada unga yuksak baho berishdi, biroq keyingi jiddiy qadamdan avval futbolchi yanada ko'proq tajriba to'plashi kerakdek.

20 yoshli sportchi O'zbekiston terma jamoasi safida 16 bor maydonga tushdi va muntazam ravishda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda o'ynab kelmoqda. Natijada, ko'plab klublar uni ulkan salohiyatga ega futbolchi sifatida kuzatmoqda", - deyiladi "Football Insider" xabarida.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика