So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

Toshkentda FIFA mutaxassisi ishtirokida ishchi uchrashuv bo'lib o'tadi Yangiliklar

Toshkentda FIFA mutaxassisi ishtirokida ishchi uchrashuv bo'lib o'tadi

Teglar :  FIFA
Malumki, FIFAning asosiy vazifalaridan biri barcha milliy associaciyalarning futboldagi salohiyatini namoyon qilish, turli yoshdagi terma jamoalarning xalqaro musobaqalardagi raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.

SHu maqsadda FIFA iqtidorlarni kashf qilish, ularning iqtidorini yanada yuksaltirish, akademiyalarni qo'llab-quvvatlash, turli musobaqalar tashkil qilish va o'tkazish, xodimlarnining malakasini oshirishga qaratilgan turli dasturlar va loyihalarni ishlab chiqmoqda hamda amalga tatbiq qilyapti.
 
Mazkur dastur FIFA azosi bo'lgan O'zbekiston futbol associaciyasiga ham taalluqli bo'lib, dasturdan o'rin olgan masalalar bo'yicha muhokama o'tkazish va ishchi uchrashuv tashkil qilish maqsadida FIFA vakili Ulfa Skotta poytaxtimizga tashrif buyuradi. Ishchi uchrashuv 29-31 mart kunlariga mo'ljallangan.
 
Uchrashuv davomida FIFA vakili dasturning asosiy maqsad va vazifalari haqida so'z yuritib, O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishadi. O'FA mutasaddilari va xodimlari bilan futbolni rivojlantirish, yosh iqtidorlarni kashf qilish, turli yoshdagi terma jamoalar raqobatbardoshligini oshirish mavzusida fikr almashadi.
 
Tadbir so'nggida muhokamalar bo'yicha xulosalar qilinib, dasturdan kelib chiqqan holda kelgusi rejalar tuziladi va ularni amalga oshirish byo'icha yo'riqnomalar beriladi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика