So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

"Tuppa-tuzuk qura. "Paxtakor" bilan qachon o'ynashni farqi yo'q" - Andrey Fyodorov Yangiliklar

"Tuppa-tuzuk qura. "Paxtakor" bilan qachon o'ynashni farqi yo'q" - Andrey Fyodorov

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov kechagi Superliganing yangi mavsumiga qura tashlash marosimidan so'ng saytimizga o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Tuppa-tuzuk qura. "Paxtakor" bilan qachon o'ynashni farqi yo'q. Birinchi turdami yoki oxiridami. Baribir qachondir o'zaro o'ynashga to'g'ri keladi. Unga qadar OCHLda o'yin o'tkazishga ulguramiz. SHu boisdan ham bu borada ortiqcha havotirga hojat yo'q. "Paxtakor"da ham, bizda ham sharoit teng. "Paxtakor"ga qarshi bahsga odatdagdek tayyorgarlik ko'ramiz. Ular bilan ertaroq duch kelib qolganimiz hech qanday muammo taqdim etmaydi.

To'g'ri, raqib hozirga qadar ikkita bahs o'tkazdi. Bu esa bizga raqibni o'yin uslubini o'rganib chiqishimizda ko'mak beradi. Har qanday malumotlardan to'g'ri va unumli foydalanish lozim.

CHempionlik masalasi? Menimcha, bu o'zaro o'yinlarimizda hal bo'ladigan masala emas. Ikkita o'yindagina chempionlik taqdirini hal etishning imkoni yo'q. CHempionlik uchun kurash butun mavsum davom etadi. Yildan-yilga chempionlik masalasini hal etish qiyinlashib bormoqda. Qo'shimchasiga, chempionlikka erishishdan ko'ra uni saqlab qolish murakkab.

Ruhiy tayyorgarlik? Menimcha, ruhiy taraflama jamoamiz tayyor. CHempionat startidagi har qanday natija jamoaning butun mavsum davomidagi kayfiyati va tayyorgarligiga tasir qila olmaydi. "Lokomotiv" ruhiy taraflama kerakli ozuqaga ega.

Jamoaning yangi mavsumdagi falsafa va o'yin uslubi haqida hozir gapirishni istamayman. Mavsum davomida stadionga kelganlar "Loko"ning uslubi va falsafasi bilan yaqindan tanishishlari mumkin", - deya o'z fikrlari bildirdi Andrey Fyodorov.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика