So’nggi yangiliklar

09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  0 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  2 07:42Футзал. Бугун финал!  1 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  17 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  27 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  15 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4

To'g'ri yondashuv g'alabalarga eltadi Yangiliklar

To'g'ri yondashuv g'alabalarga eltadi

Teglar :  QizilqumNavoiy
Navoiyda futbolning ashaddiy ishqibozlari ko'p.

Muxlislar doimo viloyat bosh jamoasi —“Qizilqum”dan g'alabali o'yinlar kutishadi. Jamoaning xalqaro maydonlarga, xususan, Osiyo chempionlar ligasi, juda bo'lmaganda OFK kubogi musobaqalarida qatnashishini istashadi. 

Viloyat futbol Associaciyasi futbolning ommaviyligini oshirish va shu orqali professional maydondagi yutuqlar salmog'ini oshirish yo'lida qanday chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda? 

Barchamiz bilamiz, “Millionlar o'yini” tarifini olgan futbol sport turi ham zamon bilan hamnafas taraqqiy etayotir va raqobat ham shunga yarasha oshib bormoqda.

SHu bois, Navoiy viloyatida Prezidentimizning 2019 yil 4 dekabrdagi 5887-sonli Farmonini ijrosini taminlash va shu orqali futbolni butunlay yangi darajaga ko'tarishga astoydil kirishildi. Masalan, tuman birinchiliklarini o'tkazish tizimi o'zgardi. G'oliblar dastlab sektorlar kesimida saralanmoqda. Keyin tuman musobaqasi. Kuchli jamoalar zinama-zina viloyat va respublika birinchiliklariga chiqib borishyapti. O'z navbatida, yuqoridagi musobaqalarda iqtidorini namoyish etgan sportchilar viloyat futbol associaciyasi qoshida tuzilgan selekcioner-murabbiylar guruhi tomonidan etiborga olinyapti.

Har bir tumanda “Maktablar ligasi”, “Sport maktablari ligasi”tashkil etilganki, bu ilgari yo'q edi.

Viloyatda yaxshi bir anana bor. Yirik musobaqalar o'tkaziladigan sport inshootlari dastlab meyor talablari asosida tayyorlanadi. Inshootlar zarur sport jihozlari va inventarlari bilan taminlanib, keyin musobaqaga navbat beriladi. Munosabatning, yondashuvning professional tarzda yo'lga qo'yilgani mahalliy aholini, yoshlarni xushnud etmoqda. 

Birgina 2022 yilning ortda qolgan to'rt oyiga nazar tashlasak, mavsum boshidan jami 32 ta tadbir o'tkazilib ularda 438 ta jamoa qatnashdi, 10194 nafar aholining turli xil qatlami qamrab olindi. 

Masalan, yanvar oyida hakamlar va nazoratchi hakamlarning jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o'tkazish bo'yicha o'quv yig'in tashkil etildi. SHuningdek, 2005, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010 yilda tug'ilgan BO'SM va IBO'SM shug'ullanuvchilari o'rtasida mini-futbol (futzal) bo'yicha “Sport maktablari futbol ligasi”— viloyat chempionati musobaqasi g'oliblari aniqlandi.

SHuningdek, fevral oyida Navoiy shahridagi 1-son BO'SM sport majmuasida 2010, 2008 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida mini-futbol (futzal) bo'yicha “Qizlar ligasi”— viloyat chempionati musobaqasi o'tkazildi. Unda 8 ta jamoadan 96 nafar shug'ullanuvchi qatnashgani etiborga molik.

Hakamlar va nazoratchi hakamlarning navbatdagi o'quv seminarida esa 28 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Bevosita ommaviylik haqida so'z yuritadigan bo'lsak, bu viloyatda nafaqat bolalar va o'smirlar, balki faxriylar futboliga ham etibor katta. Masalan, faxriylar o'rtasida mini-futbol bo'yicha Burhon Bahromov xotirasiga bag'ishlangan  musobaqada 5 ta jamoadan 50 nafar sportsevar maydonga chiqdi.Navbahor tumanida faxriylar o'rtasida Obloqul Fozilov xotira turniri, Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi uchun o'tayotgan mini futbol va futbol turnirlarida chekka-chekka qishloqlardan ko'plab havaaskor jamoalar qatnashayotirlar.

“So'g'diyona” sport majmuasida 11-12 yoshli bolalar o'rtasida mini-futbol bo'yicha “Navro'z kubogi” musobaqasi o'tdi.SHuningdek,U-13, U-14, U-15, U-16 hamda U-18 jamoalari o'rtasida O'FA birinchiligi o'tmoqdaki,  musobaqada jami 24 ta jamoadan 528 nafar shug'ullanuvchi qatnashmoqda. 

Bundan tashqari, Osiyo futbol konfederaciyasining birinchi va ikkinchi modul, Slecenziyasi bo'yicha o'quv kurslari bo'lib o'tdi.SHuningdek, OFKning LEVEL-lecenziyasi bo'yicha futzal bo'yicha o'quv kurslari ham Navoiyda o'tdi. Albatta, havaskor jamoalarning ko'payishi professionalizmga keng yo'l ochadi, yaxshi o'yinchilarning kashf qilinishiga turtki beradi.  Yani, bolasini futbol maktabiga yoki BO'SMga etaklab keladigan ota-onalar ko'payadi. 

Navoiy viloyati ko'plab respublika musobaqalariga yuqori saviyada mezbonlik qilishi bilan ham boshqa hududlardan ajralib turadi. Masalan, yaqinda “Kimyogar” sport majmuasida 2008 yilda tug'ilgan BO'SM va IBO'SM shug'ullanuvchilari o'rtasida mini-futbol turniri o'tdi. Ushbu O'zbekiston chempionati musobaqasida jami 14 ta jamoadan 196 nafar shug'ullanuvchi qatnashdi.

Futbolda rahbarlarning fidoyiligi, jonkuyarligi katta ahamiyat kasb etishini bilamiz. Navoiy viloyat futbol Associaciyasi vice-prezidenti Dilmurod Davronovning tashkilotchiligi, har bir musobaqaga alohida chora-tadbir ishlab chiqib, uning ijrosini to'la nazorat qilishi boshqalarning ham masuliyatni teran his qilishga undayotir. Bu esa futbol Associaciyasi va uning tumanlardagi bo'limlari ishinibir yaxlit mexanizmdek bo'lib shakllanishiga zamin yaratgan. SHuni alohida takidlash joizki, Davronovning tashabbskorligi sabab viloyatda mehnat qilgan, yani futbolning rivojiga hissa qo'shgan har bir mutahassisning jonbozligi munosib qadrlanadi.  Yani, har yil yakunida viloyat futboliga katta hissa qo'shgan mutaxassislar, 2-liga, “Maktablar ligasi”, “Sport maktablari ligasi” musobaqalarida o'zini ko'rsatgan murabbiylar va futbolchilar turli nominaciyalarga ko'ra taqdirlanadi.

Xulosa qiladigan bo'lsak, ish to'g'ri yo'lda. Navoiydan Oston O'runov, Islom Kenjaboev izdoshlari ko'plab etishib chiqadi. “Qizilqum” jamoasi ham klub murabbiylar shtabiga xorijlik (Serbiya) mutaxassislarni jalb qilib, oldingiga qaraganda ancha mazmunli o'yin ko'rsatayotir. Ishonamiz, Navoiy viloyati futboli o'zining yorqin natijalari bilan muxlislarni xursand qiladigan onlar yaqin...


Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика