So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  4 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Timur Kapadze: "O'zim ham maydonda bo'lganimda, gol urishim mumkin edi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "O'zim ham maydonda bo'lganimda, gol urishim mumkin edi"

Coca Cola Superligasining 17-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o'yin haqida fikr bildirdi.

O'yin haqida

"Birinchi navbatda "Olimpik" futbolchilarini, shuningdek, uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin oson bo'lmadi. Superligada oson o'yinning o'zi yo'q. Raqib kuchli ekanligini bilardik, shunga qaramasdan, shogirdlarim munosib o'yin namoyish etdi. Menimcha, bugun g'alabaga haqli edik. 

- Muhammadaziz Ibrohimov chetlatish tufayli bugungi o'yinni o'tkazib yubordi. Uning o'rnini Otabek Jo'raquziev bilan to'ldirdingizmi?

- Bugun to'rt nafar nominal hujumchi bilan maydonga chiqdik, biroq qay biri bo'lsa ham vaziyatga qarab Ibrohimning nuqtasini to'ldirishi kerak edi. Umuman olganda, ikki yarim himoyachi bilan o'ynadik. Raqibdan kelib chiqsak, tanlagan taktikamiz bugungi o'yinga mos edi. Bugun tanlangan tarkib ham, taktika ham o'zini oqladi.

- Abubakr Rizo Turdialiev qachon safga qaytadi?

- Uning safga qaytishi uchun 20-25 kun vaqt kerak, sababi unda darz ketish holati aniqlangan va yaqinda operaciya bo'ldi. Hozir u yurishni boshlagan. 10-15 kundan so'ng sekin harakat qilishni boshlaydi.

- Superliganing har bir o'yinida "Olimpik" birinchi raqam ostida o'ynadi. Xalqaro maydonlarda ikkinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynashga ham to'g'ri keladi. Masalan, O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi finalida shunday taktikada o'ynab, pand egandi. Bazi o'yinlarda bu uslub "Olimpik"ga ham pand bermaydimi?

- Biz kuchimiz etguncha, harakat qilyapmiz. Raqib bosim o'tkazsa, himoyalanishga to'g'ri keladi. Lekin ko'rganingizdek, yigitlar to'p bilan ham, to'psiz ham yaxshi harakat qilmoqda. Raqibga deyarli imkoniyat bermayapti. To'g'ri, biz raqibga qaraganda ko'proq imkoniyatga ega bo'lyapmiz, biroq bazida yigitlarga nimadir etishmayapti, aks holda, ko'proq g'alabalarga erishgan bo'lardik. Mening vazifam — ularni o'yinga tayyorlash, qolganini futbolchilar bajarishadi. Ehtimol, o'zim ham bazi vaziyatlarda ishtirok etganimda, gol urishim mumkin edi. O'ylashimcha, hammasi joyida. 

- Mashhur sharhlovchi Xayrulla Hamidov "CHempion qaysi jamoa bo'lishini bilmadim, lekin uni taqvim aniqlab berishi mumkin", deb aytgandi...

- CHindan ham taqvim zich joylashgan. Oxirgi uchrashuvlar ko'p narsani hal qiladi. Oldinda "Navbahor", "Nasaf"ga qarshi o'yinlar kutib turibdi. Har bir jamoa uchun qiyin o'yinlar bo'lib o'tyapti. Asosiysi — biz to'g'ri yo'ldamiz", dedi Kapadze.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика