So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Timur Kapadze: "OKMK ikkinchi raqamli bo'lib o'ynashga harakat qildi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "OKMK ikkinchi raqamli bo'lib o'ynashga harakat qildi"

Coca Cola Superligasi 16-turi doirasida OKMKdan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- OKMKni g'alaba bilan tabriklayman va jamoaga omad tilayman. CHunki jamoaning 4 kundan keyin muhim o'yini bor. O'yinga keladigan bo'lsam, yaxshi bahs bo'ldi. Ikki jamoa ham chiroyli futbol namoyish qilishdi. Bizda ham yaxshi imkoniyatlar bo'ldi, biroq foydalana olmadik. SHunday bo'lganida o'yinni durangga olib borsak ham bo'lardi, balki, yutib ketishimiz ham mumkin edi. Ikkala jamoa ham natija uchun o'ynashga harakat qildi. OKMK vaziyatlaridan foydalandi, biz esa foydalana olmadik. Barchasini taxlil qilib chiqamiz va ishlashda davom etamiz.

- Birinchi bo'limda "Olimpik" to'pni yaxshi nazorat qildi, biroq ikkinchi bo'limda unday ko'rinmadi. Bunga sabab nimada?

- Umuman olganda ikkala bo'limda ham to'p bilan ko'p bo'ldik. Balki raqib bunga imkoniyat bermagandir. Menimcha OKMK bugun ikkinchi raqamli bo'lib o'ynashga harakat qildi va qarshi hujumlarda o'ynashga intildi. Biz ham ularni qarshi hujumda qo'yib yubormaslik uchun o'ynadik, ammo baribir ular o'tib ketishdi. Ikkala murabbiy uchun ham foydali o'yin bo'ldi. 

- G'alabasiz seriya ko'paymoqda. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Qaerdadir imkoniyatlarimizdan foydalana olmayapmiz. Baribir futbolchilar yosh. Bazida ularning ruhiyatida, tayyorgarligida pasayish bo'lishi mumkin. Yigitlarning o'zi yutishni istashyapti. Balki men tomondan bo'layotgan bosim ham tasir qilayotgandir. O'tgan o'yinlarda yutishimiz ham mumkin edi. O'yin bobida etirozim yo'q. Ushbu uchrashuvlardan keyin bizda ko'proq foydali jihatlar ko'rinib bormoqda va shular ustida ishlayapmiz.

- Kelasi oyda Olimpiya termasini muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Ushbu uchrashuvlar uchun Superliga bahslari qurbonlik qilinmayaptimi?

- Yo'q, unday emas. Bir tomondan olib qaralsa, Olimpiya termasida o'ynayotgan futbolchilar boshqa jamoalarda ham bor. Har oyda bir yig'ilamiz, "Olimpik"dagilarga esa doimo imkoniyat berilyapti. Ko'rdingiz, birinchi davrada o'z jamoalarida o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan futbolchilarni tarkibga jalb qildik va ularga imkoniyat taqdim qilyapmiz. Kim yaxshi holatda bo'lsa, termada o'ynaydi. SHu sababli "Olimpik" klubi va terma jamoa doimo o'zaro aloqada. Horijda o'ynayotgan 5 legioner bor, shuningdek, boshqa jamoalarda o'ynayotganlar ham bor. Futbolchilarning ko'pligi meni xursand qilmoqda. Oldimizda muhim o'yinlar kutib turibdi. Barchaning jismoniy holatiga qarab, termaga chaqiramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика