So’nggi yangiliklar

02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  6 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4

Timur Kapadze: ""Andijon II" haqli ravishda g'alabaga erishdi" Yangiliklar

Timur Kapadze: ""Andijon II" haqli ravishda g'alabaga erishdi"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Andijon II" – "Olimpik" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze jurnalistlar savollariga javob qaytardi.


- O'yin haqida

- Avvalo, "Andijon II" jamoasini g'alaba bilan muborakbod etaman. O'yinimiz chiqmadi, gol urilgan holatda xatoga yo'l qo'ydik. Imkoniyatlar yaratishga harakat qildik, biroq juda qiynaldik. Umuman olganda, balki futbolchilarimiz mensimasdan harakat qilishdi, shekilli. "Andijon II" haqli ravishda g'alabaga erishdi. 

- Nima uchun ayrim asosiy futbolchilarni maydonga tushirmadingiz?

- O'yinlar va taqvimimiz zich. Terma jamoa yig'inini o'tkazdik, keyin safarlarimiz ko'p va toliqib qolyapmiz. SHu bois 6 nafar futbolchimizni Toshkentda qoldirdik. Biz har bir futbolchiga imkoniyat taqdim qilamiz, chunki ular o'sishi kerak. O'yinlar orqali tajriba orttirishadi. To'g'ri, xatolar uchrab turadi. Ammo xatolar ustida ishlaymiz, bu normal holat.

- "Olimpik" himoyachilari ko'p xato qilishdi...

- Ha, to'g'ri. Buni ustida ishlaymiz. Bu ruhiy va jismoniy holatga xos. Har bir o'yinni tahlil qilib, xulosa chiqaramiz.

- Bugun boshqacha "Olimpik"ni ko'rdik. Kubok bahslariga jiddiy qaralmaydimi?

- Yo'q, harakat qilib, tayyorgarlik ko'rdik. Men ham kecha kechqurun keldim, Pro licenziyaga o'qiyotganlarning imtihoni bo'lgandi. Nima bo'lishidan qati nazar, yigitlar bundan ham yaxshi o'ynay olishiga ishonaman. Hozir bir narsa deyish qiyin. Hammasiga oydinlik kiritamiz. 

- "Andijon II" azolaridan kimni ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Jamoa uzatmalar orqali harakat qildi, qaerdadir fol ishlashga urindi, yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldi. Oldingiz chiziqdagi hujumchi yaxshi harakat qildi. Ularning uslubi ko'proq uzatmalar orqali tashkil qilindi. Kimnidir ajratib ko'rsatish qiyin.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика