Timo Verner kinoda? "Parazitlar" rejissyori uning ismini yangi filmida qo'lladi
17 mar 14:18
Yangiliklar


Timo Verner kinoda? "Parazitlar" rejissyori uning ismini yangi filmida qo'lladi
Ism tanlovi tasodifiy bo'lmagan va rejissyor buni tushuntirishga urindi.
"Timo" nemis tilidan tarjima qilinganda "firibgar" degan manoni anglatadi. Bu nom nafaqat mening personajimga, balki Vernerning o'ziga ham juda mos keladi – u avval pul ishlab oldi, keyin esa "Leypcig"ga qaytdi", – deya hazillashdi Pon Jun Xo.
Bu izoh hujumchining transfer tarixiga aniq ishora. 2020 yilda Verner 53 mln evroga "Leypcig"dan "Chelsi"ga o'tgan, ammo ikki mavsumdan so'ng nemis klubiga ancha kamroq mablag' evaziga qaytib kelgan edi.
Ayni paytda hujumchi ijara asosida "Totttenxem"da harakat qilmoqda. OAVga ko'ra, u 2024/25 yilgi mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirmoqchi emas va katta ehtimol bilan London klubidagi so'nggi mavsumini o'tkazmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar