So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Tibo Kurtuaning "Real"dagi statistikasi yoxud jamoaning 8 yillik yurishi tugadi Yangiliklar

Tibo Kurtuaning "Real"dagi statistikasi yoxud jamoaning 8 yillik yurishi tugadi

Teglar :  Tibo Kurtua Real
O'tgan yili yozda "Real" rahbariyati "CHelsi"ning belgiyalik kiperi Tibo Kurtuaning transferi uchun 35 million evro sarflagandi.

Kurtua joriy mavsumda "Real"ning asosiy darvozaboni sifatida ishtirok etmoqda. Kurtua "Real"ga kelishi bilanoq jamoaning ketma-ket 3 marotaba ECHLda g'olib chiqishiga katta hissa qo'shgan kiperi Navas zaxiraga o'tkazildi. Natijada belgiyalik posbon "Real"ning ichki chempionat va ECHLdagi o'yinlarida asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Navasga esa ECHL guruh bosqichi hamda La Ligada faqatgina 3tadan o'yin va Ispaniya Kubogi uchrashuvlarida imkoniyat berildi.



Kurtua "Real" safida hozirga qadar 30ta o'yin o'tkazishga ulgurdi. Statistikaga nazar soladigan bo'lsak, posbon o'tkazilgan uchrashuvlarning faqatgina 10tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlashga erishgan. Qolgan 20 uchrashuvda "Real" darvozasi raqiblar tomonidan jami 39 marotaba ishg'ol etilgan.



"Real" ayni paytda La Ligada peshqadam "Barselona"dan 12 ochko ortda qolib 3-o'rinda bormoqda. ECHLda esa jamoa 8 yildan buyon uzluksiz kamida yarim finalga qadar borib,  bu orada 4 marotaba musobaqada g'olibga aylangandi. Joriy mavsum ECHLda "Real" o'z ishtirokini nimchorak finaldayoq tugatishga majbur bo'ldi. Bunday ko'rsatkich so'nggi bor 2009/10 yilgi mavsumda qayd etilgandi. SHu tariqa "Real" oxirgi 9 yillikdagi eng yomon natijasini qayta takrorladi.



Tibo Kurtuaning "Real"dagi statistikasi:

O'yinlar soni: 30

Quruq o'yin: 10

O'tkazilgan gollari soni: 39

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика