Tibo Kurtua: "Hozir "Real"da kim birinchi ekanligi aniq"
26 iyu 2019 16:19
Yangiliklar
Tibo Kurtua: "Hozir "Real"da kim birinchi ekanligi aniq"
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua yangi mavsumga tayyorgarligi haqida aytib o'tdi.
"Hozirda kim birinchi ekanligi aniq deb o'ylayman. Men o'zimni har qachongidan ham kuchli his qilmoqdaman.
Men yozda ajoyib mashg'ulotlar o'tkazdim va yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rdim. Hammasi o'z o'rnida. O'tgan mavsum oxirida tanamdagi yog' miqdori 8,8 edi. Yozda esa bu ko'rsatkich 8,1ni tashkil etmoqda. Menimcha, bu bir oylik tatildan so'ng yomon natija emas.
O'zimni juda yaxshi his qilyapman va shunday davom etaman degan umiddaman", - deydi belgiyalik.
Oldinroq Kurtuaning raqobatchisi hisoblangan Keylor Navas jamoada qolishi haqida xabar berilgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar