So’nggi yangiliklar

19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 19:03"Сўғдиёна" — "Насаф". Таркиблар маълум  7 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  16 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

the-uff.com: Qosimov Iordaniyaga qarshi o'yin uchun tarkibni elon qildi Yangiliklar

the-uff.com: Qosimov Iordaniyaga qarshi o'yin uchun tarkibni elon qildi

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Iordaniya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda ishtirok etadigan futbolchilar nomini elon qildi.
Eslatib o'tamiz, Iordaniya va O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 4 sentyabr kuni Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi. Mirjalol Qosimov mazkur uchrashuvga 22 nafar futbolchini taklif etgan edi, ammo so'nggi pallada Neftchi klubi azosi jarohat olib safdan chiqqan.

Afsuski, tibbiy tekshiruvlardan so'ng Smolyachenkoning Iordaniyaga qarshi bahsda o'ynay olmasligi malum bo'ldi. Qolgan futbolchilar esa, mashg'ulotlarni davom ettiradilar. Aynan mazkur uchrashuv Incheonda bo'lib o'tadigan Osiyo O'yinlari oldidan biz uchun tayyorgarlik vazifasini o'taydi, - deydi Qosimov.

Eslatib o'tamiz, musobaqa reglamentiga ko'ra Osiyo O'yinlarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirok etadilar. SHu bilan birga terma jamoalar o'z safiga yoshi 23 yoshdan katta bo'lgan 3 nafar futbolchini zayavka qilish imkoniga ega bo'ladilar.

Malumot o'rnida Osiyo O'yinlarining futbol musobaqasi 14 sentyabr kuni start oladi va 3 oktyabrgacha davom etadi.

Osiyo O'yinlari. Futbol
V guruhi.
O'zbekiston
Gonkong
Bangladesh
Afg'oniston

Iordaniyaga qarshi o'yin uchun milliy terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Eldor Suyunov ("Nasaf"), Nikita Ribkin ("Paxtakor")

Himoyachilar: Egor Krimec, Davron Xoshimov (ikkalasi "Paxtakor"), Bobur Yo'ldoshev, Islom Tuxtaxo'jaev, Salim Mustafoev (barchasi "Lokomotiv"), SHerzod Fayziev ("Mashal"), Azamat Isroilov ("Olmaliq").

Yarim himoyachilar: Akbar Ismatullaev, Vladimir Kozak, Jamshid Iskandarov (barchasi "Paxtakor"), Azimjon Ahmedov ("Navbahor"), Fozil Musaev ("Lokomotiv"), Dilshod Jo'raev, Sardor Rashidov (ikkalasi "Bunyodkor"), Farrux Sayfiev ("Nasaf").

Hujumchilar: Igor Sergeev ("Paxtakor"), Farxod Tojiev ("Lokomotiv"), SHaxzodbek Nurmatov ("Metallurg"), Navruzbek Olimov ("Qizilqum").
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика