So’nggi yangiliklar

11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  4 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  2 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  6 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  9 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  42

TEZKOR! “Al-Hilol”da koronavirus bilan bog'liq yangi holatlar aniqlandi, jamoa OCHLdagi ishtirokini yakunlashi mumkin Yangiliklar

TEZKOR! “Al-Hilol”da koronavirus bilan bog'liq yangi holatlar aniqlandi, jamoa OCHLdagi ishtirokini yakunlashi mumkin

“Al-Hilol” OCHL 5-turi doirasida “SHahr Xodro”ga qarshi bugun o'ynashi kerak.

Biroq, saudiyaliklar topshirgan oxirgi test natijalariga ko'ra, jamoada koronavirus bilan kasallanish bilan bog'liq yangi holatlar aniqlandi. Aniqrog'i, jamoaning 10 nafar azosi infekciyani yuqtirib olgan. Ulardan uch nafari futbolchi, qolganlari esa klub rahbariyati vakillari. SHu sabab, “Al-Hilol” bo'lajak bahsni qoldirishni so'rab OFKga murojaat qildi. Biroq, musobaqa protokoliga ko'ra, bu mumkin emas va saudiyaliklar musobaqani yo davom ettirishi yo bo'lmasa o'z ishtirokini muddatidan oldin yakunlashiga to'g'ri keladi.

SHu kabi holat “Al-Vahda” (BAA) bilan yuz bergan va ularning musobaqani qayd etgan natijalari nolga tenglashtirilgandi.

Bugun “Al-Hilol” tarkibiga yoshlar jamoasidan 2 o'yinchi va 1 darvozabon kelishi kerak edi. Bizga malum bo'lishicha, hozirda saudiyaliklar tarkibida 13 futbolchi sog'lom hamda ularning 2 nafari zaxirada darvozaboni. 

Agar “Al-Hilol” musobaqadagi ishtirokini yakunlaydigan bo'lsa, u holda “B” guruhidagi holat quyidagicha bo'ladi:

1. "Paxtakor" – 6 ochko

2. “SHabab Al-Ahli” – 6 ochko

3. “SHaxr Xodro” – 0

Unga ko'ra, keyingi bosqichga “Paxtakor” 1-o'rin bilan ikkinchi yo'llanmaga esa “SHabab Al-Ahli” ega chiqadi.

So'nggi malumotlarga qaraganda, “Al-Hilol”ning etakchi futbolchisi Bafetimbi Gomisda COVID-19 aniqlangan. Avvalroq, Sebastyan Jovinko va Salim Al Davsarining tahlillari ham ijobiy natija bergani haqda xabar bergandik.

Eslatib o'tamiz, “SHahr Xodro” - “Al-Hilol” bahsi Toshkent vaqti bilan bugun 20:00 ga belgilangan. Mazkur guruhdan o'rin olgan "Paxtakor" - "SHabab Al-Ahli" uchrashuvi esa 23:00 da boshlanadi.

Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика