So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Teves: “Manchini bilan munozaraga borganimdan afsusdaman, ammo...” Yangiliklar

Teves: “Manchini bilan munozaraga borganimdan afsusdaman, ammo...”

“Manchester Siti”ning sobiq hujumchisi Karlos Teves jamoaning o'sha paytdagi murabbiyi Roberto Manchini bilan o'rtalarida kelib chiqqan muammo haqida gapirdi.

“O'shanda murabbiy bilan tortishib qolganimdan afsusdaman, ammo haqiqat men tomonda edi. Myunxenda “Bavariya”ga qarshi bahsda Aguero yagona hujumchi sifatida maydonga tushirildi. Dastlabki 10 daqiqadan keyin ikkita to'p farqi bilan ortda qola boshladik va Manchini men tomonga o'girilib, maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rishim kerakligini aytdi. Men birinchi bo'limdayoq maydonga tushishim haqida o'yladim. Yo'q, adashgan ekanman. 35 daqiqa maydon chetida shug'ullanib, o'yinga tushishimni kutib turdim. Tanaffus oldi u menga tayyorgarlikni davom ettirishmni takrorladi. Tanaffusdan keyin ham 15 daqiqacha “qizib olish”dan to'xtamadim. SHundayam murabbiy meni oldiga chaqirmagach, biroz holdan toydim va zaxira o'rindig'iga borib o'tirdim.CHunki bir soatdan oshiqroq vaqt davomida maydon chetida harakatlanib turdim. SHundan keyin murabbiy yana men tomonga qarab, tayyorgarlikni davom ettirishim kerakligini aytdi. Men unga “yo'q, bunisi endi oshib tushdi” deb javob qaytardim. O'yindan keyin u meni maydonga tushishdan bosh tortganlikda aybladi. Bu esa tabiiyki meni judayam jahlimni chiqargandi”, deya Tevesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика