So’nggi yangiliklar

23:26Италия Суперкубоги. "Наполи" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  2 22:51"Guardian" 2025 йилнинг энг яхши футболчилари рейтингини тузди: Месси қайси ўринда?  0 22:30Тебас: "ЛаЛига ўйинлари Испаниядан ташқарида бўлса нима?"  0 22:12Бруну Фернандеш: "Одамлар Португалия термаси Роналдусиз яхшироқ ўйнайди деб ўйлашади. Агарда бу шундай бўлса, айб бизда"  3 21:54"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилди  3 21:46Туркия кубоги. "Галатасарой" - "Истанбул Башакшеҳир" учрашуви асосий таркиблари маълум!  13 21:15Эрон кубоги. "Трактор" пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, "Персеполис"ни турнирдан чиқариб юборди  3 20:55"Adidas" Салоҳ учун янги дизайндаги бутсаларини тақдим қилди  0 20:36"Барселона" Араухо ўрнига захира топиб қўйди  2 20:11Расман: Финалиссима Қатарда бўлади  8 19:56Феллайни Бельгия жамоаси мураббийлар штабига қўшилди  0 19:29Ҳали январь келмади, аммо "Вильярреал" илк трансферини амалга ошириб бўлди  1 19:06Гвардиола мавсум сўнгида "Манчестер Сити"дан кетади. Жамоанинг кейинги мураббийи ким бўлади?  12 18:43Жароҳатлардан азият чекаётган "Арсенал" "Реал" ҳимоячисига кўз тикди  3

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Ikkita durangni muvaffaqiyatsizlik deyish bizni xursand qilyapti, sababi..." Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Ikkita durangni muvaffaqiyatsizlik deyish bizni xursand qilyapti, sababi..."

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – OKMK (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi o'yin qanday taassurot qoldirdi? Har holda o'yindagi yagona golga mualliflik qildingiz.

- Bugun g'alaba qozonishni uddaladik, g'olib chiqmasak bo'lmasdi. Sababi, raqobatchilarni uzoqlashtirib yuborardik. Omad bizga kulib boqdi.

- "Bunyodkor"ning so'nggi o'yinlardagi muvaffaqiyatsiz natijalariga asosiy sabab nimada? Jamoa Superligada ketma-ket ikki o'yinda 0:0 hisobida durang o'ynadi.

- Ikkita durangni muvaffaqiyatsizlik deyish bizni xursand qilyapti. Sababi, biz g'alaba qozonishga o'rganib qoldik. Yaxshi jamoaga aylanayotganimizni sezyapmiz. Ammo baribir qiyinchiliklar uchraydi, chunki ko'pgina futbolchilar joriy mavsumdan boshlab "Bunyodkor" sharafini himoya qilmoqda. O'yin sifatini oshiradigan jihatlarimiz bisyor. Ko'p narsa raqibga ham bog'liq. Masalan, OKMK bu turdan avval 1-o'rinda borayotgandi, ularni mag'lub etish istagi esa bizga motivaciya berardi. 

- Bundan bir necha tura avval "Qizilqum"ga qarshi o'yinda maydondan chetlatilgandingiz. Jamoa sardoriga qizil kartochka ko'rsatilishi unga qo'shimcha ruhiy bosim yuklashi tabiiy. Bunday qiyin holatdan qanday qilib chiqib keta oldingiz?

- Ruhiy tushkunlikdan chiqish qiyin bo'ldi. Menimcha, o'sha vaziyatda chetlatishga asos yo'q edi. Mayli, hakamlar turlicha talqin qilishadi. Шu bois, izoh berishga hojat yo'q. Hamma bilib turgandi nima bo'layotganini. "Qizilqum"da ham o'ynaganman, tizimni bilaman. Kelasi safar sal aqlliroq bo'lamiz. "Qizilqum" bilan o'yinda ochko yo'qotilishi mening aybim edi. Jamoa o'shanda qiyin ahvolga solib qo'ydim. 

- Boshqa jamoa futbolchilari bilan suhbatlashganimizda, ular chempionlik uchun davogarlar safida "Bunyodkor"ni tilga olishmayapti. Bunga qanchalik haqiqatga yaqin? "Qaldirg'ochlar"ga chempionlik yo'lida qaysi jamoalar raqobatchilik qilishi mumkin?

- Ularning o'z fikri bor. Biz esa o'yindan o'yinga g'alaba ilinjida maydonga chiqamiz. Yil so'ngida hisoblashamiz. Mayli, bizni hisobga olishmasin. Hisobga olsa bizga qo'shimcha bosim yuklanadi. Bunga ahamiyat bermaymiz. 

- Bugungi o'yindan biroz yiroqlashamiz. Evropa Chempionlar ligasi finaliga chiqish uchun qaysi klublarni davogar deb hisoblaysiz?

- Menimcha, hamma kutgan jamoalardan biri finalga chiqa olmaydi. Balki "Inter"ni finalda ko'rarmiz. Sababi ular yaqinda ham hal qiluvchi o'yinda "Manchester Siti" bilan to'qnash kelgandi. O'shanda ham hech kim italiyaliklarni finalgacha borishini kutmagandi. Ochig'i, aniq taxmin ayta olmayman. Hech bir jamoani favorit deb hisoblamayman. 

- Klub muxlislariga tilaklaringiz...

- Bugun ular yaxshi qo'llab-quvvatlashdi. Biz buni his qilyapmiz. Muxlislarni stadionga chorlab qolamiz. Biz bundan-da yaxshi natijalar qayd etishga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика