So’nggi yangiliklar

14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  0 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  3 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  7 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  5 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1

Telefon, bolalar va qizil rang taqiqlangan Evropaning eng mashhur to'yi. Serxio Ramos uylandi Yangiliklar

Telefon, bolalar va qizil rang taqiqlangan Evropaning eng mashhur to'yi. Serxio Ramos uylandi

33 yoshli Serxio Ramos ramos nihoyat Pilar Rubioga uylandi.


Ular 7 yildan beri birga, bu vaqt ichida juftlik 3 nafar farzandli bo'lishdi.


Pilar Rubio - ispaniyalik jurnalist va teleboshlovchi. U 41 yoshda, Ramosdan 8 yosh katta. 2014 yilda bu juftlikning birinchi farzandi (Serxio) dunyoga keldi, 2015 yilda Marko, o'tgan yili esa Alexandro.


Bu Pilar va uning otasi Manuel.


To'y Madridda emas, "Real" himoyachisi tug'ilib o'sgan viloyat Sevilyada bo'lib o'tdi (u Kamas shahrida dunyoga kelgan).


Marosim Sevilyada joylashgan Evropaning eng yirik gotik soborida bo'lib o'tdi.


Nikoh marosimidan so'ng Ramos va Pilar mehmonlar bilan Serxioning shahardan 24 km. uzoqlikda joylashgan La Algeria fermasiga yo'l olishdi.


To'yga 400 nafar mehmon taklif etildi, ularning orasida ko'plab yulduzlar bor edi. "Real"dan Luka Modrich, Marko Asensio, Keylor Navas, Serxio Regilon, Mateo Kovachich, Lukas Vaskes kelishdi.







Mehmonlardan o'zi bilan bolalarni olib kelmaslikni, telefonlarni maxsus xonada qoldirishni, kiyimda oq, olov rang, qizil, pushti va yashil ranglardan foydalanmaslikni so'rashdi.


Devid Bekxem xotini Viktoriya bilan to'yda mehmon bo'lishdi.


Santi Kasorla.


Pepe Reyna.


Xoakin siyoxrang kostyumi bilan to'yning eng yorqin mehmoni nomiga davogarlik qildi.


Maxsus mehmon - Florentino Peres! Janjal haqida kim gapirgan edi?


Bular esa klub afsonalari. Roberto Karlos, Raul, Fernando Yerro, Ronaldo.



"Barselona"dan Jerar Pike (SHakira bilan), Xordi Alba va Serxio Buskets keldi. Ramos va Pike kelishmovchiligi ortda qolgani ko'rinib turibdi.



Ramos fermasida mehmonlar ko'nglini AC/DC guruhi va ispaniyalik xonanda Ninya Pastori ko'tardi. Diario Sevilla nashrining yozishicha, to'y xarajatlarining bir qismini Amazon kompaniyasi ko'targan. Hozir ularning Amazon Prime stiming xizmati Ramos hayoti haqida serial suratga olmoqda.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика