Tashkilotni keskin tanqid qilgan Marselo Belsaga KONMEBOL tomonidan ish ochildi
18 iyu 2024 01:35
Yangiliklar
Tashkilotni keskin tanqid qilgan Marselo Belsaga KONMEBOL tomonidan ish ochildi
Kopa Amerikaning tashkilotchilik masalasi bo'yicha Urugvay terma jamoasi ustozi norozilik bildirgandi.
Janubiy Amerika Futbol Konfederaciyasi (KONMEBOL) Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsaga qarshi ish ochishga qaror qildi. Bunga Belsaning Kopa Amerika tashkilotchilarining (KONMEBOL va AQSHdagi tegishli shaxslar) manziliga yo'llagan tanqidlari sabab bo'ldi.
Urugvay va Kanada termalari o'rtasidagi Kopa Amerika bronza medali uchun bo'lgan o'yindan oldingi matbuot anjumanida Belsa musobaqa o'tkazilgan maydonlar va mashg'ulot bazalarini tanqid qilgandi. SHuningdek, bosh murabbiy Kolumbiyaga qarshi o'yinda urugvaylik futbolchilarning oilalarini himoya qila olmagani uchun musobaqa tashkilotchilarini qoralab chiqqandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar