So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  7 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

Tanishing: “Neftchi” futzal jamoasi! Yangiliklar

Tanishing: “Neftchi” futzal jamoasi!

Farg'onada ham yangi futzal jamoasi tashkil etildi.

Bundan ikki oy oldin tuzilgan jamoaga bungacha respublikamizning boshqa viloyat klublarida faoliyat yuritib kelgan farg'onalik futzalchilarni “Neftchi”ga chorlab bu orqali kurashchan klub shakllantirilmoqda. 

Ayni damda "Neftchi"ga taniqli futzalchi Farrux Zokirov murabbiylik qilmoqda. O'z vaqtida O'zbekiston futzal terma jamoasidagi yorqin faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Zokirovga Bobur Madaminov yaqindan yordam bermoqda. 

“Neftchi” futzalchilari asosan mahalliy futzalchilardan iborat. Jamoaning o'rtacha yoshi 27ni tashkil etmoqda. 

“Neftchi” futbol klubi qoshida tuzilgan futzal kollektivi 25 sentyabr kuni Toshkentda start olgan Assosiaciya Kubogida ishtirok etmoqda. Aytish lozimki, farg'onaliklar o'zining ilk musobaqasidayoq sezilarli natijaga erishmoqda deyish mumkin. 

Darvoqe, 25-30 sentyabr kunlari o'tkaziladigan Assosiaciya Kubogida jami 16ta klub ishtirok etmoqda. Yangi tuzilgan jamoaning yarim finalga chiqishi farg'onalik muxlislarni quvontirishi aniq. Bugun soat 13:00da “Neftchi” futzal jamoasi “Buxoro”ga qarshi o'yin o'tkazadi. Mazkur uchrashuvdagi g'alaba "Neftchi" uchun nihoyatda muhim. Boisi yutuq finalga yo'l ochadi. 

“Neftchi” futzalchilari “A” guruhidan o'rin olib, barcha uchrashuvlarni g'alaba bilan yakunladi! 

"Maksam-CHirchiq" - "Neftchi" 0:1

"Neftchi" - "Old City" 6:1

"Neftchi" - "Ardus" 5:4

O'z guruhida 1-o'rinni qo'lga kiritgan xolda, chorak finalga yo'l olgan “Neftchi”ning navbatdagi raqibi “Kogon” bo'ldi. 

"Neftchi" - "Kogon" 2:1

SHu tariqa futzalchilar yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

“Neftchi” futzal jamoasi tarkibi 

1.Komil Nurmatov - 1

2.Elyor Domlaev - 16

3.Farxod Nematov - 5

4.Muhiddin Ergashev - 6

5.Timur Karibov - 7

6.Mavlon G'aniev - 8

7.O'tkir Oxunov - 9

8.Farrux Xudoyqulov - 10

9.Alisher Rizaev - 11

10.Rashid Jabborov - 30

11.Farrux Zokirov - 17

Klub rahbari: Furqat Rahmonov.

Bosh murabbiy: Bobur Madaminov.

O'ynovchi murabbiy: Farrux Zokirov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика