Takefusa Kubo: "Dunyodagi eng kuchli jamoaning bir qismi bo'lishdan faxrlanaman"
16 iyu 2019 15:07
Yangiliklar
Takefusa Kubo: "Dunyodagi eng kuchli jamoaning bir qismi bo'lishdan faxrlanaman"
"Real"ning yangi azosi Takefusa Kubo yangi jamoasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
SHuni takidlash kerakki, Kubo "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
"Men dunyodagi eng kuchli jamoaning bir qismi bo'lishdan faxrlanaman. Bu erda hamma inoq va tajribali futbolchilardan ko'p narsalarni o'rganaman", - deydi Kubo.
Kubo bungacha "Tokio" sharafini himoya qilgan. Futbochli ushbu mavsum 14ta o'yinda qatnashib, 4ta gol urishga erishgan. U 9 iyunda Yaponiya terma jamoasining Salvador (2:0) ga qarshi o'yinida debyut qildi.
Xabarlarga ko'ra, "Real" Kubo bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Uning maoshi esa yiliga 1,2 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar