So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

"Surxon" va "Dinamo"ning Superligaga chiqqani "Buxoro"ning rejalarini buzib qo'ydi" - Ashurmatov bilan suhbat Yangiliklar

"Surxon" va "Dinamo"ning Superligaga chiqqani "Buxoro"ning rejalarini buzib qo'ydi" - Ashurmatov bilan suhbat

"Buxoro" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovdan kechagi Superliganing yangi mavsumiga tashlangan qura tashlash marosimidan so'ng bazi savollarga javob oldik.

Quyida "Buxoro" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bilan bo'lib o'tgan suhbatni etiboringizga havola etamiz.

"Gapni ochig'ini aytish kerak, chempionat startiga juda oz vaqt qoldi. Lekin selekciya jarayonidan to'liq qoniqish xosil qilganimiz yo'q. Agarda biz qisqa muddat ichida tarkibimizni yaxshi ijrochilar bilan to'ldirmasak, unda juda qiyin bo'lishi aniq. Afsuski o'zimiz istagan futbolchilarni "Buxoro"ga jalb etolmadik. O'ylaymanki, chempionatgacha selekciya ishlarini davom ettiramiz va tarkibni kuchaytira oladigan futbolchilarni olishga muvaffaq bo'lamiz degan umiddaman", - deya gap boshladi Baxtiyor Ashurmatov.

- Barcha masala eng so'nggi pallada malum bo'lmoqda. Format, chempionat, qura, jamoalar soni va hokazo. Mazkur masalalar esa murabbiylarga tarkibni aniqlashda, chempionatga taraddud ko'rishga ham noqulayliklar va muammolar tug'dirmoqda. Qatiy bir tizim, qatiy bir format yo'q chempionat. Uchinchi mavsum va har doim o'zgaruvchan format. Bunga murabbiy sifatida munosabatingiz qanday?
- Gapni ochig'i, bungacha har xil gap-so'zlar yurgandi. Lekin yangi mavsumda 12ta jamoa ishtirok etsa kerak deb o'ylagandim. SHuni aytishim mumkinki, agarda "Surxon" va "Dinamo" Superligada qatnashmasa, men ulardan bazi futbolchilarni olishni mo'ljallab turgandim. SHu taraflama meni mazkur rejalarim amalga oshmaydigan bo'ldi. Endi boshqa resurslar izlashga to'g'ri keladi. Hozirda o'zbek futbolida futbolchilarga bo'lgan talab oshganmi yoki ular deficit bo'lganmi, jamoaga ijrochi topish, tarkibni kuchaytiradigan futbolchi izlash muammoga aylangan. Buni tan olish lozim. Buxorolik muxlislar ham jamoamizdan transferlar kutishmoqda, lekin biz qo'limizdan kelgancha harakat qilyapmiz. Ammo oson bo'lmayapti. Vaziyatdan kelib chiqib, ayni paytda jamoaga imkon darajasida legioner jalb etishga majburmiz. Aynan legionerlar hisobiga jamoani kuchaytirishga intilamiz. CHunki boshqa yo'l ko'rinmayapti.

- Klub rahbariyati jamoa oldiga aniq vazifa qo'yganmi?
- Gapni ochig'i rahbariyat bilan endi ko'rishamiz. CHempionat avvalida rahbariyat uchrashuv bo'ladi. Biz jamoa tarkibini shakllantirib olgach, o'ylaymanki klub rahbariyati "Buxoro" oldiga vazifa qo'yadi. Mavsum davomida esa klub rahbariyati belgilaydigan vazifani bajarishga harakat qilamiz.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика