"Surxon" "Jirona" sobiq futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi
28 iyu 2022 20:41
Yangiliklar
"Surxon" "Jirona" sobiq futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi
Bu haqda Termiz klubi matbuot xizmati xabar berdi.
PFK "Surxon" o'z safiga yangi futbolchini qo'shib oldi. Klub vice-prezidenti Jahongir Usmonov malumotiga ko'ra, Manel Martines endi "Surxon" safida harakat qiladi.

Malumot uchun, Martines 1992 yil 25 martda tug'ilgan. Futbolchi bungacha Ispaniyaning turli klublarida harakat qilgan. SHu jumladan, "Jirona" hamda "Mursiya" jamoalarida ham faoliyat yuritgan. Martinesning so'nggi klubi – "Atletiko Baleares".
30 yoshli hujumchi o'tgan mavsum chempionatda 36 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan va 1 ta golga assistentlik qilgan. Ispaniya Kubogida esa 3 ta o'yinda 3 ta to'p kiritgan.
SHu o'rinda takidlash kerakki, Martines "Barselona" sobiq futbolchisi Manoloning o'g'li. U markaziy hujumchi ampluasida to'p tepadi.
"Surxon" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar