So’nggi yangiliklar

00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  3 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16

“Supermokh Cup 2016”. Taqdirlash marosimidan fotojamlanma Yangiliklar

“Supermokh Cup 2016”. Taqdirlash marosimidan fotojamlanma

11-19 dekabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 36ta jamoa ishtirokida “Supermokh Cup 2016” turniri o'tkazildi.

Turnir yakunlariga ko'ra, U-12 yosh toifasida Portugaliyaning “Sporting” klubi tarbiyalanuvchilariga teng keladigan raqib topilmadi.

2002 yillarda tavallud topgan (U-14) futbolchilar o'rtasidagi bahslarda esa jahonga mashhur bir qancha futbol maktablari kuch sinashishlariga qaramay, bosh sovrin Malayziyada qoladigan bo'ldi. Finalda Lisabonning “Sporting” klubidan 1:0 hisobida ustun kelgan Malayziya panteralari jamoasi oltin medallarga ega chiqishdi.

Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaev boshchiligidagi “Bunyodkor-2002” vakillari turnir mobaynida “Selangor” (Malayziya), “Syonan Belmare” (Yaponiya), Tailand terma jamoasi va PSJ (Franciya) jamoalarini mag'lubiyatga uchratishdi. Afsuski, turnir g'oliblari Malayziya panteralari va Braziliyaning “San-Paulo” jamoalariga imkoniyat boy berildi. Yakunda, to'rtinchi o'rinni band etgan vakillarimiz tashkilotchilar tomonidan bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Darvoqe, “Bunyodkor-2002” hujumchisi Jasur Jaloliddinov turnir mobaynida jami 9 marta raqiblari darvozasini ishg'ol qilib, “Supermokh Cup 2016” musobaqasi to'purari nomiga sazovor bo'ldi va maxsus sovrin bilan mukofotlandi.

Quyida “Supermokh Cup 2016” turnirining taqdirlash marosimidan tushirilgan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.



"Supermokh Cup 2016" turniri to'purari Jasur Jaloliddinov



"Bunyodkor" jamoasi menejeri Malayziya sport ishlari vaziridan esdalik sovg'a qabul qilib olmoqda



"Bunyodkor" FK vakillari Malayziya sport ishlari va marhum Muhtar Daxarining (Supermokh) rafiqasiga o'zbekona sovg'alar ulashishmoqda



Musobaqaning eng hayajonli onlari



Bronza medallari muborak, yigitlar!



"Bunyodkor-2002" futbolchilaridan o'ziga xos kreativlik



"Bunyodkor" murabbiylar shtabi  va"Supermokh Cup 2016" turnirining eng asosiy tashkilotchichisi SHamim Imrani



U-12 yosh toifasidagi g'olib - "Sporting" (Lissabon, Portugaliya)



U-14 yosh toifasidagi g'olib - Malayziya panteralari (Malayziya)


“Supermokh Cup 2016”. 7-kun. “Bunyodkor” “San-Paulo”ga yutqazib qo'ydi va 4-o'rinni egalladi

“Supermokh Cup 2016”. 6-kun. “Bunyodkor” yarim finalda to'xtadi

“Supermokh Cup 2016”. “Bunyodkor-2002” PSJni mag'lub etib yarim finalga chiqdi!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика