So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Superligadagi jamoalar soni o'zgarishini avvaldan sezgan va topgan murabbiy - SHipilovning qura haqidagi dangal fikrlari Yangiliklar

Superligadagi jamoalar soni o'zgarishini avvaldan sezgan va topgan murabbiy - SHipilovning qura haqidagi dangal fikrlari

Malumki, kecha PFL Superliganing yangi mavsumiga qura tashlash marosimini o'tkazdi.

Unga ko'ra, avval vada qilinganidek 12 jamoali tizimdagi chempionat emas, balki 14 jamoa qatnashuvidagi ikki davrali chempionat guvohiga aylanamiz. O'FA licenziyalash qo'mitasi qarori ko'ra, Pro-liga jamoalari sanalgan "Surxon" va "Dinamo" avtomatik ravishda Superligaga chiqarildi.

Biz esa qura marosimi yakunlangach "Metallurg" bosh murabbiyi Andrey SHipilovning mazkur jarayon va kutilmagan o'zgarish haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. So'nggi pallada chempionat formati va ishtirokchilar soni oshib ketgani va bu qay darajada professionallikka xos yoki maktab musobaqalari kabi o'tayotgan turnirga o'xshaydimi, degan savolga "Metallurg" murabbiyi quyidagi javoblarni berdi:

"Bilasizmi, to'g'risini aytsam, men uchun chempionatni 14 jamoa bilan boshlash yangilik bo'lmadi. Bundan hayratda qolmadim. CHempionat startidan oldin Superligada 14 jamoa qatnashishini sezgandim. Hayolimda shunday tasavvur bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rgandim. Natijada men o'ylagan narsa ruy berdi. Topdim. "Metallurg" yangi mavsumga tayyor. Qura doimgidek ko'r deyiladi. SHu boisdan kim bilan qachon safarda yoki uyda o'ynashning farqi yo'q. CHempionat avvalidagi dastlabki 5 turda barcha jamoalarning imkoniyati va holati deyarli teng bo'ladi. Kim o'zini biroz bo'lsada yaxshiroq his etsa, taktik va funkcional taraflama puxtaroq yondoshsa, o'sha jamoaga  nisbatan osonroq bo'ladi. Dastlabki 5 tur ko'p narsani ko'rsatadi", - deya kechagi qura jarayoni haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Andrey SHipilov.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика