So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Superligada bahorgi uyg'onish azobi Yangiliklar

Superligada bahorgi uyg'onish azobi

Qishning qirovli kunlaridan so'ng bahor keldi.

Hammayoqda ish qizg'in, ko'klam shukuhi qalblarni ishlashga undayotgan palla. Ayrim mamlakatlarga nisbatan bizning futbolda bahor uyg'onish, yangi maqsadlar bilan yo'lga chiqish payti sanaladi. Klublar qamishdan bel bog'lab Superliga karvoni sari harakatni boshlashadi. Lekin nima uchundir bu safar jamoalarning ilk turdagi o'yinlaridan ko'ngillar to'lmadi. Futbol bayramining davomli bo'lishiga esa tom manoda jamoalar aybdor. Etibor bering birinchi turdan o'rin olgan 7ta o'yinning 3tasida gol ko'rganimiz yo'q. Sal qolsa Yaypandagi vodiy derbisi ham 0ga qarab ketayotgan edi. Bekoboddagi o'yinda ham 1ta gol ko'rdik. "Navbahor" - "Nasaf" o'yinida stadion chinakamiga "portilladi". Ammo bu maydondagi futbolchilarga ko'chmadi. Samarqand va Olmaliqda xaytovur 2tadan to'p kiritildi. Ikkinchidan hujumchilar otni ilgariroq qamchilash vaqti keldi. Bugun urmasangiz, ertaga urmasangiz yana qachon gol urmoqchisiz. 


Superliga. 1-tur tomoshabinlar tashrifi. Namangan birinchi, Samarqand ikkinchi...



"Quruq start". 7 o'yin — 6 gol


Biz startdan shuni kutganmidik? Klublarimizga uyg'onish uchun qancha vaqt kerak? Bahorgi uyg'onish shunchalar qiyinmi? Yana 2ta turdan so'ng FIFA kunlari boshlanadi. Keyingi turlarda ham shu holat kuzatilgudek bo'lsa, terma jamoaga futbolchilar qanday etib borishini o'ylayvering. Biz Superligadagi gollarni sanab o'tirgan joyimizda Pro ligada allaqachon 2ta o'yinda 6ta gol darvozalardan o'rin oldi. Demak quyosh Superligadan emas, Pro liga tomondan chiqdi. 

2-tur hozirgi mulohazalarimni biroz o'zgartirib yuborishiga umid bog'layman. Boshqa ilojim ham yo'q. 

A. Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика