So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

15 yildan so'ng Superligaga qaytgan "Xorazm" mavsumni g'alaba bilan boshladi. Startda "Sho'rtan" taslim etildi Yangiliklar

15 yildan so'ng Superligaga qaytgan "Xorazm" mavsumni g'alaba bilan boshladi. Startda "Sho'rtan" taslim etildi

Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Sho'rtan" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

“Xorazm” — “Sho'rtan” 2:0 
09.03.2025
Bosh hakam: 
Olim To'ychiboev
Yordamchi hakamlar: Shohruh Azamov, Islom Azimov
Zaxira hakami: Mamur Ilhomov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
VAR: Nasibabonu Toshmuhammedova
AVAR: Alisher Usmonov

Gol: Rustamjon Abduhamidov 39, 1:0, Murod Bobojonov 90+6, 2:0

"Xorazm": 12. Sardor Qobuljonov, 44. Doston Tursunov, 15. Vladimir Bubanya, 27. Ixtiyor Toshpo'latov, 88. Abror Xo'sinov, 9. Jasur Azimov ( 7. Temurbek Ismailov, 68), 77. Sunnatilla Abdullajonov (6. Muhriddin Pazildinov,68), 94. Rustam Abduhamidov  (5. Dilshod Jo'raev, 85) 11. Humoyunmirzo Iminov, 8. Hazrat Tursunqulov, 99. Shahrom Samiev (10. Murodbek Bobojonov, 72)

Zaxira: 54. Adhamjon Musulmonov, 4. Farruhjon Ibrohimov,  20. Danila Ejov, 66. Ilhomjon Alijonov

"Sho'rtan": 1. Shohruxjon Eshbo'taev, 3. Shohjahon Sultonmurodov, 6. Sirojiddin Qo'ziev, 9. Shahzod Nematjonov, 10. Temur Mamasidiqov, 14. Abror Toshqo'ziev (19. Nuriddin Hasanov,85), 15. Jo'rabek Mannonov, 21. Murodxo'ja Jabborov, 55. Azizbek Pirmuhammedov, 88. Abbosbek Ergashboev (77. Asadbek Saitxonov,65) 99. Kamron Saidazimov (11. Daler Sharipov, 76)

Zaxira: 35. Sherzod Abduraimov, 5. Mirkomil Abdurazzoqov, 17. Javohir Hasanov,  22. Sardor Sadullaev, 24. Doniyorjon Narzullaev, 70. Mirjalol Jumaev, 

Ogohlantirish: Humoyunmirzo Iminov ("Xorazm") 20, Shohjahon Sultonmurodov ("Sho'rtan") 50


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakuniga etdi.

90+6. GOL. "Xorazm" qarshi hujumda "Sho'rtan"ni jazoladi. Murod Bobojonov ikkinchi gol muallifiga aylandi. 

90+5. SEYV. "Xorazm" posboni Sardor Qobuljonov juda qiyin vaziyatda jamoasini goldan qutqarib qoldi. O'yin qahramoni aniq.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

85. O'ZGARISH. "Xorazm", Rustam Abduhamidov o'rniga Dilshod Jo'raev

85. O'ZGARISH. "Sho'rtan", Abror Toshqo'ziev o'rniga Nuriddin Hasanov tushdi.

80. G'uzorliklar ikkinchi bo'limda hisobni tenglashtirishga juda yaqin kelishmoqda. Hozircha Qobuljonov bunga yo'l qo'ygani yo'q.

76. O'ZGARISH. "Sho'rtan", Kamron Saidazimov o'rniga Daler Sharipov tushdi.


72. O'ZGARISH. "Xorazm", Shahrom Samiev o'rniga Murod Bobojonov

71. Sardor Qobuljonovdan yana bir seyv. 

70. ZARBAA. Samievning zarbasi noaniq chiqdi. 

68. O'ZGARISH. "Xorazm", Sunnatilla Abdullajonov o'rniga Muhridin Pazildinov, Jasur Azimov o'rniga Temur Ismailov tushdi

64. O'ZGARISH. "Sho'rtan", Abbosbek Ergashboev o'rniga Asadbek Saitxonov tushdi. 

63. ZARBAAA. Sirojiddin Qo'zievning burama zarbasini Sardor Qubuljonov qaytardi. Kutilmagan zarba va ajoyib seyv.

57. ZARBAAA. "Sho'rtan"ning hujumlari keskin tus ola boshladi. Mamasidiqov jarima maydonchasiga yorib kirdi va Ergashboevga to'pni uzatdi. To'p yo'liga Sardor Qobuljonov to'siq bo'la oldi. 

55. ZARBAA. G'uzorliklarning azosi Azizbek Pirmuhammedovning zarbasi xavfli chiqdi. 

50. OGOHLANTIRISH. "Sho'rtan" himoyachisi Shohjahon Sultonmurodovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

48. ZARBAA. "Xorazm" uchrashuvda ikkinchi golni urishga yaqin keldi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45. Ikkinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

43. ZARBAA. Sunnatilla Abdullajonov chap qanotdan tezkor harakatlar bilan kirib borib zarba berdi. To'p darvoza to'riga tashqi tarafdan tegdi. 

39. GOL. Uchrashuvda hisob ochildi. "Xorazm"ning yurishlari nihoyat gol bilan yakunlandi. Rustamjon Abduhamidov jamoasining mavsumdagi birinchi goliga mualliflik qildi. Autdan tashlab berilgan to'pdan so'ng jarima maydonchasi ichida Abduhamidov aniq zarba bilan darvozani ishg'ol qildi. 

31. "Xorazm"ning jarima maydonchasi tomon uzatmalari samarasiz yakunlanmoqda. 

25. Kichik ustunlik mezbonlarda. 

20. OGOHLANTIRISH. "Xorazm" yarim himoyachisi Humoyunmirzo Iminovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

17. Ikki jamoa ham bir-biriga munosib qarshilik ko'rsatmoqda. 

12. ZARBAAA. Yana "Xorazm"dan jiddiy yurish. Hazrat Tursunqulovning 20 metrlardan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegdi.

8. ZARBAA. "Xorazm" yarim himoyachisi Sunnatilla Abdullajonovning jarima maydonchasi ichida yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi. 

5. Endi Timur Mamasidiqovdan zarba. Noaniq. 

4. G'uzorliklar to'pni burchakdan o'yinga kiritdi, "Xorazm" himoyachilari o'z o'rnida yaxshi harakat qildi.

3. "Sho'rtan" "Xorazm" darvozasi tomon hujum tashkil qildi, Nematjonovning zarbasi raqib futbolchisiga tegib maydonni tark etdi. 

- Uchrashuvga start berildi. Olim To'ychiboev xushtagi yangradi. "Xorazm" 15, "Sho'rtan" 7 yillik tanaffusdan so'ng Superligada yurishni boshladi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

- Uchrashuv 17:30da start oladi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика