Superliga starti oldidan. Baxtiyor Ashurmatov: "Chempionlik uchun kurash 3 ta jamoa o'rtasida kechadi, bu yil qiziqarli Superliga ko'ramiz"
07 mar 11:41
Yangiliklar
Superliga starti oldidan. Baxtiyor Ashurmatov: "Chempionlik uchun kurash 3 ta jamoa o'rtasida kechadi, bu yil qiziqarli Superliga ko'ramiz"
Jamoalar o'tgan vaqt davomida yangi mavsumga munosib tayyorgarlik olib borishdi, har kim o'z imkoniyatidan kelib chiqib tarkibni shakllantirdi. Yangi nomlarni qo'shib oldi. Maqsadlar esa ulkan. OKMK - "Buxoro" uchrashuvi bilan boshlanadigan dastlabki tur oldidan tajribali murabbiy Baxtiyor Ashurmatovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Muxlislar kutgan chempionatimiz ham boshlanmoqda. Bu yilgi mavsum qiziqarli o'tishi kutilmoqda, chunki jamoalar soni avvalgidan ko'paydi. Superligada qolish uchun kurashuvchan jamoalar soni oshdi. Fikrimcha, chempionlik uchun "Neftchi", "Paxtakor" va "Nasaf" kurash olib boradi. "Navbahor", OKMK bu jamoalarga bosh og'riq bo'lishi mumkin. Lekin aytganimdek oltin medallarga harakat 3 ta jamoa o'rtasida kechishini kutyapman.
1-tur uchrashuvlariga kelsak, ikkita "Bunyodkor" - "Neftchi", "Nasaf" - "So'g'diyona" uchrashuvlari qiziqarli va murosasiz kechishini ayta olaman. Qolgan uchrashuvlarda maydon egalarining imkoniyatlari ko'proq. OKMK, "Paxtakor", "Navbahor" o'z maydonidagi o'yinlarni g'alaba bilan boshlashini taxmin qilaman. "Qo'qon-1912" - "Andijon" vodiy derbisida qo'qonliklarda g'alaba uchun imkoniyat ko'proq. Bu yil Qo'qonga Superligada omad tilayman. "Qizilqum" - "Surxon", "Xorazm" - "Sho'rtan" uchrashuvlarida imkoniyat teng. Chempionat chiroyli o'tishini va hamma jamoalarga omad yor bo'lishini tilab qolaman",- deydi Baxtiyor Ashurmatov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar