Superliga. "So'g'diyona" "Surxon"ni kichik hisobda mag'lub etdi
17 okt 21:08
Yangiliklar


Superliga. "So'g'diyona" "Surxon"ni kichik hisobda mag'lub etdi
"So'g'diyona" – "Surxon" 2:1
Gol: 2- Rubin Xebay, 11 - Lyupcho Doriev (Javohir Qahramonov), 90+3 - Sarvar Abduhamidov
Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 19:15
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Andrey Capenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Shahboz Azimov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Husan Xudayberdiev
Komissar: Sherzod Rajabov
"So'g'diyona": 1.Shohruh Isoqov, 3.Islom Qobilov, 7.Xondamir Mustafoqulov, 8.Suhrob Izzatov, 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev, 19.Javohir Qahramonov, 28.Stanislav Andreev (9.Samandar Mavlonqulov, 71), 33.Sardor Rahmonov, 70.Jasur Jaloliddinov (10.Shohruh Abdurahmonov,45+1), 98.Rubin Xebay ( 2.Zoir Jo'raboev, 75).
Zaxira: 27.Milan Mitrovich,4.Otabek Ahadov, 5.Behruz Jumatov, 18.Oybek Nurmatov, 42.Sardorbek Erkinov, 99.Umid Sultonov.
"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 2.Behruz Karimov (23.Kamron Yusupov77), 4.Nodirxon Nematxonov, 5.Jamaldin Xodjaniyazov, 6.Behzod Shamsiev, 10.Rustam Turdimurodov, 19.Muhammad-Ali Abdurahmonov ( 14.Sarvar Abduhamidov,77), 22.Javohir Jo'raev, 24.Sherzod Komilov (7.Doston Tursunov, 46), 27.Asilbek Jumaev, 99.Sunnatilla Poyonov.
Zaxira: 86.Davron Merganov, 9.Muhsin Bozorov, 15.Diyor Ramazonov, 18.Nodir Abdixoliqov, 21.Tohir Ashurbaev, , 26.Behruz Shukurullaev.
Ogohlantirish: 36 - Xondamir Mustafoqulov, 69 - Jamaldin Xodjaniyazov, 81 - Suhrob Izzatov
Chetlatish. Xondamir Mustafoqulov (ikkinchi sariq)
Uchrashuv yakunlandi
90+3. GOOOL. Sarvar Abduhamidov hisobni biroz qisqartirdi
Hakam 2-bo'limga 6 daqiqa qo'shib berdi
88. Turdimurodovning zarbasi noaniq ketdi
81. Izzatov ogohlantirildi
80. Mavlonqulovning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi
77. Abduhamidov va Yusupov maydonga tushdi, Muhammad-Ali Abdurahmonov, Behruz Karimov maydoni tark etdi
76. Muhammadalining zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi
75. Xebayning o'rniga Jo'raboev maydonga tushdi
72. Chetlatish. Xondamir Mustafoqulov ikkinchi sarig'ini oldi va maydondan chetlatildi
71. Andreevning o'rniga Mavlonqulov maydonga tushdi
69. Jamaldin Xodjaniyazov sariq kartochka oldi
67. Zaxiradan maydonga tushgan Dostonbek Tursunov raqiblar darvozasiga zarba berdi. So'g'diyona posboni Isoqov o'z o'rnida
64. Islom Qobilov darvozaga kuchli zarba berdi. Biroq kuchli zarba biroz noaniq ketdi
63. Abdurahmonov ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi, biroq bu safar Dilshod Jo'raevdan seyv
55. Asilbek Jumaev raqib darvozabonini aldab, zarba berdi. Ammo, oxirgi pallada etib kelgan raqib himoyachisi to'pni blokladi
53. Poyonovning jarimadan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi
50. Rustam Turdimurodov chap qanot orqali kuchli zarba berdi. To'p darvoza to'siniga tegib qaytdi
46. Doston Tursunov Sherzod Komilovning o'rniga maydonga tushdi
Ikkinchi bo'lim boshlandi
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonmoqda
45+1. Jaloliddinovning o'rniga Abdurahmonov maydonga tushdi
42. Mehmonlarning hujum soni va sifati oshib bormoqda. Biroq ular o'z vaziyatlaridan foydalana olishmadi
36. Ogohlantirish. Mustafoqulov qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi
26. Poyonovning zarbasini darvozabon ushlab oldi
15. Jasur Jaloliddinovning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi
14. Jumaevning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi
11. GOOOL. Yana bitta xato va yana gol. Bu safar Doriev o'z imkoniyatidan foydalandi.
10. Dorievning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi
8. Ustunlik to'liq mezbonlarda. Jo'raev xatoga yo'l qo'ydi. To'pni mezbonlar tezda egallab oldi va hujum tashkil qildi. Dorievning uzatmasidan so'ng Andreev zarba yo'lladi, uning zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi
5. Mehmonlar himoyada xatolar bilan boshlashmoqda. Bu safar mezbonlar o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi
2. GOOOL. Andreevning zarbasi ustunga tegdi, qaytgan to'pni esa Xebay raqib darvozasiga joylab qo'ydi
UCHRASHUV boshlandi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar