So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  2 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  11 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

Superliga. "Voha derbisi" "Mashal" foydasiga hal bo'ldi Yangiliklar

Superliga. "Voha derbisi" "Mashal" foydasiga hal bo'ldi

Superliga 6-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" – "Mashal" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

6-tur

"Sho'rtan" – "Mashal" 0:1 

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:00

Gol: Sardor Abduraimov 78'

Bosh hakam: To'rabek Suyunov

Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Sardor Umrzoqov

Zaxira hakami: Sevdiyor Hamroqulov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

VAR:: Asker Najafaliev

AVAR: Adham Rixsiboev

Komissar: Feruz G'aniev

"Sho'rtan": 1.Shoxruhjon Eshbo'taev, 3.Shoxjahon Sultonmurodov, 4.Ulug'bek Xudayberdiev, 8.Shahboz Nuriddinov (19.Nuriddin Hasanov, 75), 10.Temur Mamasidiqov, 11.Daler Sharipov, 15.Jo'rabek Mannonov (22.Sardor Sadullaev, 75), 24.Doniyorjon Narzullaev (21.Murodxo'ja Jabborov, 75), 33.Bekjon Rahmatov, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 77.Asadbek Saitxonov.

Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 17.Javohir Hasanov, 47.Asilbek Anvarov, 70.Mirjalol Jumaev, 99.Komron Saydazimov.

"Mashal": 1.Umidjon Hamroev, 2.Mudasiru Salifu (8.Sardor Abduraimov, 46), 5.Samandar Ochilov, 6.Javohir Abdualimov, 9.Ibrohim G'anixonov (7.Islombek Baratov, 55), 10.Humoyun Murtozaev (17.Anvar Murodov, 90+5), 15.Muhammadali Aliqulov, 24.Avazxon Mamatxo'jaev, 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev (22.Nurjahon Muzaffarov, 73), 96.Ibrohim No'monov. 

Zaxira: 35.Dostonbek To'xtaboev, 18.Dilshod Rahmatullaev, 19.Islom Sharipov, 30.Shohnazar Norbekov, 34.Shahboz Jo'raev.

Ogohlantirishlar: Ulug'bek Xudayberdiev (13), Azizbek Pirmuhammadov (21), Sherzod Fayziev (45+5), Shahboz Nuriddinov (53).

Chetlatish: Murodxo'ja Jabborov (90+3).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+5. "Mashal"da o'zgarish: Murtozaev o'rniga Murodov uchrashuvni tugatib qo'yadi. 

90+3. Bosh hakam To'rabek Suyunov VAR monitorida vaziyatni ko'rib chiqdi va Jabborovni chetlatishga qaror qildi. 

90+1. VAR Jabborov bilan bog'liq vaziyatni o'rganib chiqmoqda. Ehtimol, qizil kartochka berish-bermaslik masalasi ko'rilayotgan bo'lsa kerak. Jabborov Hasanovning yuziga oyog'i bilan zarba berib yuborgandi. 

90. Ikkinchi taymga birinchi taymdagi kabi 5 daqiqa qo'shildi. 

89. Bekjon Rahmatovning burchak zarbasi orqali oshirib bergan pasidan keyin Murodxo'ja Jabborov akrobatik zarba ilinjida himoyachiga zarar etkazdi va hakam aybdorni ogohlantirdi. 

86. Sardor Sadullaev hujumda fol ishlatishga majbur bo'ldi, u hakamning qaroridan norozi. 

83. "Mashal" hujumlarni to'xtatgani yo'q va xuddi hisobda ortda borayotgandek o'ynamoqda. Aksincha "Sho'rtan" esa horg'in ko'rinmoqda. 

79. Zarba! Islombek Baratovning erlatib yo'llagan zarbasidan so'ng Eshbo'taev to'pni egalladi. 

78. GOL! Murtozaevning bosh bilan bergan zarbasidan qaytgan to'pni Sardor Abduraimov darvozaga kiritdi – 0:1! 

75. "Sho'rtan"da 3 ta o'zgarish: Mannonov o'rniga Sadullaev, Narzullaev o'rniga Jabborov, Nuriddinov o'rniga Nuriddin Hasanov maydonga tushdi.  

74. Abduraimovning bosh bilan bergan zarbasidan keyin yana Eshbo'taev to'pga egalik qildi. To'g'ri, bu gal zarba ancha kuschiz edi. 

73. "Mashal"da o'zgarish: Fayziev o'rniga Muzaffarov tushirildi. 

72. Uuuux! Abduraimovning yaqin masofadan bergan zarbasini Eshbo'taev qaytardi! Qanday vaziyat!

70. Zarba! Murtozaevning chap oyoqda yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

67. Narzullaevning qanotdan oshirib bergan to'pini mudofaa vakillari uzoqlashtirishdi. 

64. Zarbaaa! Mamasidiqovning o'ng oyoqdagi xavfli zarbasini Hamroev bartaraf etdi! Texnik zarba va chiroyli seyv! 

60. Uuux! Ibrohim No'monov qanotdan oshirib berilgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'yishiga bir baxya qoldi. 

55. "Mashal"da almashtirish: Ibrohim G'anixonov o'rniga Islombek Baratov o'yinga qo'shildi. 

53. Shahboz Nuriddinov taktik folga qo'l urgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

52. Zarbaa! Daler Sharipovning zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi, burchak zarbasi. 

50. Mannonov maydon markazida Ibrohim No'monovni ushlab qoldi, hakam jarima belgiladi. 

49. Zarbaaa! Asadbek Saitxonovning yaqin masofadan bergan zarbasidan keyin Hamroev to'pni ushlab oldi, zarba sal kuchsizroq chiqib qoldi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Mashal"da o'zgarish: Salifu o'rniga Abduraimov bahsni davom ettiradi.

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45+5. Sherzod Fayziev maydon markazida Daler Sharipovga nisbatan o'ta qo'pol o'ynadi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

45+1. Zarbaaaa! Ibrohim No'monovning chamasi 20 metrdan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

43. Ulug'bek Xudayberdiev Murtozaevdan to'pni tortib oldi va oldinga qarab tepdi, to'p hujumchiga tegib maydondan chiqib ketdi, erkin zarba. 

39. Asadbek Saitxonov Sherzod Fayzievga nisbatan qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi. U bu orqali ehtimoliy hujumni bartaraf etdi. 

38. Himoyachi Shoxjahon Sultonmurodov uddaburonlik qilib to'pni muborakliklar hujumchisi orqali maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

35. "Mashal" 3 ga 2 bo'lgan holda oldinga borib hatto zarba berishning uddasidan chiqmadi. Murtozaev to'pni o'ng qanotdagi G'anixonovga uzatdi, u esa chap oyoqdagi zarbasi orqali himoyachini poylab qo'ya qoldi. 

32. Shahboz Nuriddinovning jarimadan bergan zarbasidan so'ng to'p uning sherigiga tegib qoldi, shu bois o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

31. Salifu jarima maydonchasi chizig'i yaqinida Mamasidiqovga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima zarbasi. 

29. Zarba! Murtozaevning bosh bilan bergan zarbasidan keyin Eshbo'taev to'pni ilib olishga erishdi. 

27. Bekjon Rahmatov havodagi kurashda biroz jabr chekdi, hakam uning holidan xabar oldi. 

24. Uuuux! Doniyor Narzullaev Shoxruhjon Eshbo'taevning uzun pasidan keyin darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib borib, noaniq zarba berdi. To'p darvozaga kirganida, g'uzorliklar posboni assistentga aylanib ketishi mumkin edi. 

21. Pirmuhammadov G'anixonovga nisbatan qoidani buzgani uchun sariq kartochka oldi. 

20. VAR bosh hakamga qoida buzish yo'qligini malum qildi. 

19. Mamasidiqovning uzatmasidan so'ng jarima maydonchasi ichida turgan hujumchi Sharipov maydonga yiqildi, ammo o'yin davom etmoqda.

17. Temur Mamasidiqovda tibbiy yordamga muhtojlik sezildi. Bosh hakam shifokorlarni chaqirdi. Takroriy lavhaga ko'ra, Avazxon Mamatxo'jaev uning oyog'ini bosib olgan ekan. 

15. Zarba! Salifuning chap oyoqda uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

13. Maydon markaziga yaqin hududda Murtozaevga nisbatan qo'pol harakat qilgan Ulug'bek Xudayberdiev ogohlantirildi. 

12. Uuux! Azizbek Pirmuhammadovning qanotdan oshirib bergan pasidan so'ng Doniyor Narzullaev darvozani poylashga urindi, biroq to'pga ulgurmadi. Sal turib bu holat ofsayd sifatida baholandi.

9. Humoyun Murtozaevga yaxshi uzatma kelayotgandi, ammo himoyachilar sergaklik ko'rsatib, to'pni uzoqlashtirishdi. 

6. "Sho'rtan" himoyachisi pas berish chog'ida to'pni oldirishiga bir baxya qoldi, to'p darvozabonga qadar etib keldi. 

3. Jamoalar uchrashuvni yuqori tempda boshladi. Ayniqsa, mezbon "Sho'rtan" dastlabki soniyalardanoq ustunlikni qo'lga olishga urinmoqda. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. 

- Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика