So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  1 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  11 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

Superliga. "Qizilqum" - "Surxon". Prevyu Yangiliklar

Superliga. "Qizilqum" - "Surxon". Prevyu

Bugun O'zbekiston Superligasining 1-tur o'yinlari davom ettiriladi.

Navoiyning "Qizilqum" klubi o'tgan mavsum Superligada 11-o'rinni egalladi. O'tish o'yinida esa "Qo'qon-1912"ni mag'lub etib, ligada qolishni uddalagandi. "Surxon" esa jadvalning o'rtasida — 7-o'rinda mavsumni tugatdi. Ikki jamoa ham mavsumni muvoffaqiyatli boshlashni istaydi, shu bois bu o'yin muhim ahamiyatga ega.

Jamoalarning tayyorgarlik holati

"Qizilqum" yangi mavsumga tayyorgarlikni Navoiydagi "Kimyogar" sport majmuasida boshladi. Ilk nazorat uchrashuvi "Mashal"ga qarshi o'tkazilib, uchrashuvda hisob ochilmadi. Keyinchalik Toshkentga ko'chgan mashg'ulotlar davomida "Lokomotiv"ga qarshi bellashuvda ham darvozalarga to'p kiritilmadi. Shuningdek, "Xorazm"ga bahsda ham kuchlar teng keldi — 1:1. Qizig'i, navbatdagi to'rtinchi o'yinda ham durang qayd etildi — "Aral"ga qarshi uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi.

Tayyorgarlikning navbatdagi qismi Turkiyaning Antalya shahrida tashkil etildi. Mazkur mamlakatda to'rtta nazorat uchrashuvi tashkil etilib, KXDR terma jamoasi (0:1), Ukrainaning "Leviy Bereg" (1:1), Gruziyaning "Telavi" (2:1), "Samgurali" (0:0), Gareji (3:0), Qirg'iz Respublikasining "Dordoy" (2:1) hamda Rossiyaning "Chertanovo" (4:1) klublari raqiblik qildi.

Ko'rinib turibdiki, navoiyiliklar ketma-ket olti durang va bir mag'lubiyatdan so'ng o'z o'yinlarini topish olgan va yangi futbolchilar til topishishiga erishilgan deb o'ylash mumkin. 

Darvoqe, "Qizilqum"ni Akaki Shulaya, Muhammadali G'iyosov, Robert Ozols singari etakchi futbolchilari tark etdi. Ular o'rniga Sanjar Quvvatov, Jaba Jigauri, Dushan Miyich, Alen Mashovich, Nikola Kumburovich, Farhod Bekmurotov, Dilshod Komilov, Roman Papariga singari mahalliy va legioner tajribali o'yinchilar jalb etildi. Shuningdek, bir qator futbolchilar bilan shartnoma muddati uzaytirildi.

"Surxon" ham xorijiy yig'inni Turkiyada o'tkazib, Serbiyaning "Crvena Zvezda" (1:3), "Voevodina" (0:1), "Jeleznichar" (0:0), "Yavor" (1:0), "Edinistvo" (4:3), Gruziyaning "Rustavi" (1:0), Kosovoning "Feronikeli" (2:0), Daniyaning "Vidorve" (1:3), Rossiyaning "Rubin" (2:2), "Spartak-2" (1:0), Turkmanistonning "Ahal", klublari va KXDR terma jamoasi (1:3)ga qarshi nazorat o'yinlari o'tkazdi.

So'ngra Toshkentdagi yig'inda FarDU (0:1) va Tojikistonning "Reger-TadAZ" va "Xo'jand" (2:0) jamoalariga qarshi o'yinlar tashkil etildi.

"Surxon"ni qishda Bobur Asqarov, Tamirlan Jamalutdinov, Farrux Ikromov singari etakchilar tark etdi. Sunnatilla Poyonov, Sherzod Komilov, Nodir Abdixoliqov hamda boshqa yosh va tajribali futbolchilar bilan shartnoma imzolandi.

O'zaro o'yinlar tarixi

Jamoalar O'zbekiston chempionatlari doirasida 22 marotaba to'qnash kelgan bo'lib, 7 tasida "Qizilqum", 10 tasida "Surxon" g'alaba qozongan. Yana 5 o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati — 24:20, "Surxon" foydasiga.

Imkoniyatlar

Mazkur bellashuvda tarkib va so'nggi tayyorgarlik o'yinlari nuqtai nazaridan "Qizilqum" kichik ustunlikka ega. Biroq yosh va shijoatga "Surxon" ilk turda jiddiy qarama-qarshilik ko'rsatishi aniq. Taxminimizcha, bo'lajak bellashuv durang bilan yakunlanishi mumkin.


Eslatib o'tamiz, Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Qizilqum" — "Surxon" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da boshlanadi.

 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика